YANGI O’QUV YILI OLDIDAN ILMIY KENGASH YIG’ILISHI O’TKAZILDI

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-yil 28- avgust kuni Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi ilmiy kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishni institut rektori, professor M.M.Madazimov ochdi va  jamoani yaqinlashib kelayotgan  Mustaqilligimizning 28 yillik  ayyomi, shuningdek, yangi boshlanayotgan 2019-2020 o’uv yili bilan  samimiy muborakbod etdi.

Yig’ilish avvalida bayramona qutlovlar tashkil etildi.Unda umumiy jarrohlik kafedrasi o’qituvchisi  Sh. Qodirovning doktorlik dissertatsiyasi yoqlaganligi munosabati bilan OAKning maxsus diplomi va pul mukofoti, shuningdek, uning ilmiy rahbari ADTI professori Y.Egamovga pul mukofoti topshirildi.

“Istiqbolli kadrlar” respublika tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, g’olib bo’lganligi uchun farmakologiya ka klinik farmakologiya kafedrasi  o’qituvchisi Z.Ergasheva, onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri D.Mamarasulovalar ham taqdirlandilar.

Gospital terapiya kafedrasi mudiri Sh. Yusupova,  fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasi mudiri B. Inaqova,  jarrohlik va urologiya kafedrasi mudiri F.Nishonov, ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi B.Botirovalar  yangi o’quv darslik yaratganliklari uchun ilmiy kengash a’zolari nomidan tabriklandilar. Mualliflarga  pul mukofotlari topshirildi.

Yig’ilishda muhim  masalalar ko’rildi. Birinchi masala – O’bekiston  Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligiga tayyorgarlik  ishlarining borishi haqida  institut yoshlar bilan ishlash bo’yicha  prorektor P.Asxanovning  ma’ruzasi tinglandi.

Shuningdek, yangi 2019-2020 o’quv yiliga  kafedralarning o’quv- uslubiy ishlar bo’yicha tayyorgarligi to’g’risida  o’quv ishlari bo’yicha prorektor A.Arziqulov, ADTIning 2018 – yil reyting natijalari  haqida  ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i  G’.To’ychiev, yangi o’quv yiliga tayyorgarlik bo’yicha qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari to’r’risida  ishlar boshqarmasi  boshlig’i Z.Mamajonovlar ma’ruza qildilar.

Ilmiy kengash yig’ilishida ilmiy axborotlar va  yangi o’quv yilidagi yangiliklar e’lon qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

343