alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti Axborot-resurs markazi, xodimlar va talabalar oshxonasida hamda klinikada amalga oshirilgan ishlar

15:12 11.06.2019

Yaqinda  “O‘zbekiston-24” kanali orqali namoyish etilgan Xalqaro press klubda  Andijon davlat tibbiyot institutidagi ayrim kamchiliklar ham tilga olib o‘tilgan edi. Bugungi kunda ular  institut rahbariyati tomonidan batafsil o‘rganib chiqilib, bartaraf etilmoqda.

Jumladan, hozirgi kunda  ADTI Axborot-resurs markazidagi   (Slyusarev A.A. Biologiya s obщey genetikoy- 277 nusxa; Vladimirov Yu.A. i dr.Biofizika – 219 nusxa; Remizov A.N. Kurs fiziki 1-t.- 152 nusxa; Remizov A.N. Kurs fiziki 2-t, 221 nusxa, Zufarov K.A.Gistologiya- 100 nusxa.) eskirgan adabiyotlar hisobdan chiqarish uchun topshirildi. Ushbu adabiyotlarga talab yuqoriligi sababli, kelgusida yangi nusxalarini xarid qilish rejalashtirildi.

Bundan tashqari, institut oshxonasida ta’mirlash ishlari olib borildi. Eskirgan oshxona jihozlari va mebellar foydalanishdan chiqarilib, ularning o‘rniga yangi, zamonaviy stol-stullar va mebellar, gaz va elektr plitalar  xarid qilindi.


Hudud sanitariya talablariga javob beradigan holatga keltirilib, institut xodimlari va talabalar uchun barcha zarur sharoit hamda qulayliklar yaratildi

Shuningdek, ADTI klinikasi yerto‘lalarining holati bo‘yicha ham kamchiliklar bartaraf etildi.

Jumladan, 7-bo‘limda joriy ta’mirlash ishlari davomida yig‘ilib qolgan qurilish chiqindilari  olib chiqilib, xonalar tozalandi. Xona eshiklari yangisiga almashtirildi.

Aloqa simlari yangilanib, trubalar  bo‘yaldi. O‘tkazilgan trubalarning izolyatsiyasi buzilgan joylari yangidan ta’mirlandi. Internet, telefon va boshqa elektr simlarining yo‘nalishi tartibga keltirildi. 6-,7-, 8-, bo‘limlarda suv va oqava quvurlaridagi nosozliklar tuzatildi. Barcha yerto‘lalar ko‘zdan kechirilib, tozalash ishlari amalga oshirildi.

Yerto‘lalarda doimiy nazorat davom ettirilmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!