“Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar”

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Bugun O‘zbekistonni dunyo taniydi! Bugun O‘zbekiston dunyo sahnida o‘z ovozi, o‘z o‘rniga ega. O‘zbekistonliklar ilm-fan, adabiyot, san’at, ishlab chiqarish, sport sohalarida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdaki, bu barchamizning qalbimizni fahr, iftihorga to‘dirada. O‘zbekistonimizning kundan-kunga taraqqiy etib borishi yurtdoshlarimizni yangi-yangi manzillar, ulkan-ulkan yutuqlar sari undamoqda.

Andijon shahridagi Bobur maydonida o‘tgan “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” Milliy aksiyasining har bir ishtirokchisi yuz-ko‘zidan yuqoridagi fikrlarni anglash mumkin.

Milliy aksiya ishtirokchilari mamlakatimiz muhim siyosiy jarayonlar arafasida ekanligi, 22-dekabr kuni parlamentga va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga o‘tkaziladigan saylovlarda qaysi sohada faoliyat yuritishidan qat’i nazar har bir fuqaro faol ishtirok etishi lozimligini ta’kidladilar.

Bu yilgi saylovlarning “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida o‘tkazilishida chuqur ma’no bor. Mazkur saylovlarning natijasi va yakunlari yangilanayotgan O‘zbekistonning taqdiri uchun dolzarb ahamiyatga ega.

“Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” Milliy aksiyasida Andijon viloyat hokimligi vakillari, siyosiy partiyalar faollari, otaxon, onaxonlar, yoshlar, ishchilar, o‘qituvchilar, shifokorlar, jumladan, Andijon davlat tibbiyot institutining olti yuzdan ziyod ko‘ngilli professor-o‘qituvchilari, talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar bu galgi saylovlar mutlaqo yangicha bosqichda, yangicha qarashlar asosida bo‘lib o‘tishi, Prezidentimiz boshchiligida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar birinchi galda odamlarning siyosiy ongini va dunyoqarashini o‘zgartirganligi, bugun har bir fuqaro o‘z haq-huquqini yaxshi bilishi, davlat va jamiyat boshqaruvida bevosita ishtirok etishi, har qanday masalada o‘zining shaxsiy fikriga ega faol fuqarolarga aylanligini e’tirof etdilar.

Bundan tashqari har birimiz saylovlarga oid bilimlarimiz va ko‘nikmalarimizni oshirishga alohida e’tibor qaratishimiz lozimligi xususida fikrlar bildirildi.

Andijon shahridagi Bobur maydonida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” Milliy aksiyasida respublikamizning taniqli san’atkorlari, xalqaro maydonlarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan sportchilarimizning ishtiroki juda katta ko‘tarinkilik baxsh etdi.

O‘yin-kulgu, sho‘h raqslar bilan o‘tgan saylovoldi Milliy aksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga shu yil 22-dekabr kuni bo‘ladigan saylov yuqori saviyada o‘tishidan dalolat berdi.

ADTI axborot xizmati

234