alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YANGI SANOAT FARMATSIYASI YO‘NALISHI UCHUN HAM QABUL DAVOM ETMOQDA

13:07 06.07.2021

YANGI SANOAT FARMATSIYASI YO‘NALISHI UCHUN HAM QABUL DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga qilgan tashrifi davomida viloyat faollari bilan yig‘ilish o‘tkazgan va unda yangi 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab, Andijon davlat tibbiyot institutida «Sanoat farmatsiyasi» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr tayyorlash yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgan edi.

SSV huzuridagi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2003–2004-o‘quv yilidan «Sanoat farmatsiyasi» – «Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori»ga kiritilgan bo‘lib, ushbu ta’lim yo‘nalishini bitiruvchilari dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda faoliyat ko‘rsatishlari mumkin.

Andijon davlat tibbiyot institutida mazkur yo’nalish uchun 2021-2022-o‘quv yili uchun 50 ta o‘rin ajratilgan Bunda bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining qo‘yidagi turlarida ta’lim oladilar:

  • ilmiy-tadqiqot;
  • ishlab chiqarish;
  • loyihaviy- konstruktorlik;
  • texnik vositalarni yig‘ish va sozlash;
  • tashkiliy boshqaruv;
  • foydalanish va servis xizmatini ko‘rsatish;
  • umum o‘rta va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida pedegog.

Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy muammolarni yuqori saviyada hal eta oladigan, malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash respublikamizdagi Sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi oldida turgan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!