alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Yangi yil tabrigi

09:39 31.12.2020

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli hamkasblar, aziz  talabalar – farzandlarim!
 Har bir yil o‘ziga xos o‘tadi. Yakunlanayotgan yil pandemiya tufayli dunyo ahliga biroz qiyinchilik olib keldi. Lekin hayot davom etmoqda, hayotning o‘ziga xos quvonchli onlari bizni tark etmadi. Jumladan, institutimizning professor-o‘qtuvchilari, talabalari jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi qarshi kurashda faol ishtirok etganligi uchun Prezidentimizning Farmoniga binoan ta’sis etilgan “MEHR-SAXOVAT” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar va bu bizga quvonch bag‘ishlashi bilan yanada katta kuch bilan mehnat qilishga undadi.
Shuni faxr bilan aytishim kerakki, yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berishi uchun bizga kuch bergan, bilim va mahoratimizni boyigan bu bizning institutimiz – Andijon davlat tibbiyot institutidir.
Men xursandmanki, institutimiz talabalari yildan-yilga bilimli bo‘lishib respublika, xalqaro miqyosdagi olipiadalarda nufuzli o‘rinlarni olib kelishmoqda. Mana yaqinda Buxoro davlat tibbiyot institutida «Abu Ali ibn Sino ta’limotidan – Uchinchi renessansgacha» mavzusida o‘tkazilgan Xalqaro onlayn talabalar fan olimpiadasida fiziologiya yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni institutimiz vakili Xasanboy Babaxonov egalladi. Bundan tashqari, patolagik anatomiya yo‘nalishida ishtirok etgan vakilimiz Sevinch Isaboyeva faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 9 nafar talabamiz turli yo‘nalishlar bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni egalladi, 13 nafar talabamiz turli nominatsiyalar g‘oliblari bo‘lishdi.
“Tibbiyot Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xalqaro onlayn olimpiada “Samarqand- 2020”da 3-kurs talabamiz Diyoraxon Usmonova xirurgiya yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Undan avvalroq 5-kurs talabasi Durdonabegim Zaynobiddinova O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent Davlat stomatologiya instituti tomonidan tashkil qilingan “Tibbiyot Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Halqaro onlayn olimpiada”ning xirurgiya yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Institutimizning “Yosh volontyorlar” jamoasi koronavirus pandemiyasiga qarshi targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini  butun viloyatimiz hududi bo‘ylab olib bordilar. Bu boradagi faoliyat bo‘yicha faol talabalarimiz, magistrlarimiz munosib taqdirlandilar
Men ishonaman, bu yoshlarimiz institutimizni muvaffaqiyatli yakunlab xalqimizga sidqidil bilan xizmat qiladilar.
“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da institutimizning 880 o‘rinli 2-o‘quv laboratoriya binosi foydalanishga topshirildi. Institutimizning Axborot texnologiyalari  markazi to‘la qayta qurilib, zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlanib innovatsion markazga aylantirildi. Klinikamiz hududida Germaniyaning GIZ xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda bunyod etilayotgan Endourologiya markazi foydalanishga topshirilish arafasida turibdi.
Bularning barchasi hukumatimiz, shaxsan Prezidentimizning yoshlarga qaratgan e’tibori, g‘amxo‘rligining bir ko‘rinishi! Qolaversa, kirib kelayotgan yangi 2021-yil Prezidentimiz takliflari bilan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlandi.
2020-yilning sinovlari barchamizni hayotga teran nigoh bilan qarashga, dadil qadam tashlashga o‘rgatdi. 2020 yilning saboqlari bilan kelgusida, jumladan, kirib kelayotgan 2021-yilda yanada ulkan yutuqlar, muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishimizga ishonaman.
Fursatdan foydalanib barchangizni Yangi yil bayrami bilan chin ko‘ngildan tabriklayman! Tilagim yurtimizda hamisha tinchlik-hotirjamlik bo‘lsin! Fayzli xonadonlarimiz farzandlarimiz kulgusiga to‘lsin, Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

  M.M.Madazimov

Andijon davlat tibbiyot instituti

rektori, professor  

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!