Yangi yil taraddudi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Barchamiz birdek  orziqib kutadigan mo‘’jizaviy va sevimli bayram Yangi yilga  ham sanoqli kunlar qoldi.  Shu kunlarda  yurtimizda  bayram shukuhi, bayram taraddudi o‘zgacha. Hamyurtlarimiz allaqachon bayram kayfiyatida, shahrimiz ko‘chalari, xiyobonlar, muassasa,tashkilot  va korxonalar hududlari bayramona bezatilgan.

Yangi yil bayrami munosabati bilan  Andijon davlat tibbiyot instituti  hududi, o‘quv binolari va talabalar turar joyi  ham  institut  texnik foydalanish  va xo‘jalik bo‘limi va barcha  xodimlar  tomonidan bayramona kayfiyatda  yuksak did va mahorat bilan bezatildi.

Institut  hovlisiga o‘rnatilgan ulkan archa,  ko‘zni  quvontiruvchi rang-barang   chiroqlaru, turli bezaklar va  ertaknamo chizilgan suratlar  har bir kishida bayram kayfiyatini uyg‘otadi. Dilingizda yangi  orzular, yangi tilaklar, xushkayfiyat, quvonchu shodlik, shu osoyishta, tinch va farovon hayotimizga shukronalik   tuyg‘ulari jo‘sh uradi.

Aziz yurtdoshlar,  qadrli  professor-o‘qituvchilar  va talabalar!  Kirib kelayotgan  2019- yil – Yangi yil bayramingiz muborak bo‘lsin! Yangi yil yangi omad va yangi  muvaffaqiyatlar yili bo‘lsin!

 

 

187