alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Yangi yilda yangi zafarlar bilan

18:02 25.12.2019

Yangi yil bayrami oldidan yakunlanayotgan yil sarhisob qilinib yangi yil uchun rejalar belgilanadi. Yakunlanayotgan yilni tahlil qilib yangi yil uchun ulkan maqsadlarni rejalashtirish barchamizga ertangi kun uchun umid, ulkan orzular bahsh etadi. Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishida amalga oshirilgan ishlar sarhisib qilindi, yangi rejalar belgilandi.

Kengash ishini institut rektori, professor M.M.Madazimov olib bordi. Kengash a’zolarining taklifi bilan dastlab yakunlanayotgan yil davomida turli yo‘nalishlar bo‘yicha ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan, darslik, o‘quv qo‘llanmalari chop ettirgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar ma’muriyat tomonidan rag‘batlantirildi. Jumladan, Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan professor Z.Salohiddinovga mukofot tantanali ravishda topshirildi. Jarrohlik va urologiya kafedrasi mudiri, professor F.N.Nishonovga samarali mehnati va 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi.


Shuningdek, joriy yil birqator tanlovlarda g’olib bo’lgan institut ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G.M.Xodjimatov, noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida “Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni” mavzusida o‘tkazilgan Respublika miqiyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik anjumanda  muvaffaqiyatli ishtirok etgan talabalar va ularning rahbari T.Saydullaev hamda tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan F.O‘rinovlar faxriy yorliq va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.


Shundan so‘ng, Ilmiy Kengash kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi. Dastlab Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.X.Asxanov institutida korrupsiyaga karshi olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Ma’ruzada korrupsiyaga olib keluvchi holatlar, ta’magirlik, poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan qonun hujjatlari bilan tanishtirib o‘tdi.


Ma’ruza yuzasidan so‘z olgan institut rektori, professor M.M.Madazimov korrupsiyaga qarshi kurash borasida fikr bildirar ekan, tibbiyotga korrupsiya – poraxo‘rlikning aralashishi achinarli hol ekanligini e’tirof etdi.


Ilmiy kengash ishida ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G.M.Xodjimatov 2019-yilda institut ilmiy-tadqiqot ishlarining yakunlari va 2020-yil uchun belgilangan ilmiy ishlar rejasi bo‘yicha hisobot berdi.


Shundan so‘ng. Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani X.X.Tursunov fakultet kafedralarining akkreditatsiya va attestatsiyaga tayyorgarlik holati yuzasidan ma’lumot berdi.


Shuningdek. Kengash ishida institut klinik kafedralarning 2019-yilda olib borgan  davolash va otalik  ishlari va 2020-yil rejasi, Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishida tashkil etilayotgan  o‘quv jarayoni va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishida 2019-yilni faxrlanishga arzirli yutuqlar bilan yakunlayotgan institut jamoasi YAngi yilda yangi zafarlar bilan institut salohiyatini yanada oshirishiga barcha imkoniyatlar borligi xususida fikrlar bildirildi.

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov Kengash ishini yakunlar ekan barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan yana bir bor samimiy tabrikladi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!