alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Yangi yilning ilk tadbiri

10:54 06.01.2020

Oliy ta’lim muassasalarida Yangi 2020-yilning ilk o‘quv kuni boshlandi. O‘quv dargohini – ustozlari, kursdosharini sog‘inib qolgan talabalar institutlari, universitetlariga shoshilib kirib kelishdi. Andijon davlat tibbiyot institutida Yangi yilning ilk tadbiri – “Shukronalik” tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. Hafta avvalida o‘tkaziladigan an’anaviy “Shukronalik” tadbiri institut asosiy binosida institut prorektori G.M.Xojimatov rahbarligida Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi mas’ulligida o‘tdi. Kafedra katta o‘qituvchisi F.Zagrutdinov rahbarligida kafedra xodimlari talabalarni samimiy kutib olishdi, Yangi yil bilan yana bir bor tabrikladilar, o‘quv jarayonidagi Yangiliklar bilan tanishtirdilar.

Kafedraning ma’naviy ishlar bo‘yicha  mas’uli K.Mahmudova yurtimizdagi tinchlik, hotirjamlik, amalga oshirilayotgan islohatlar xususida so‘z yuritib, har bir yosh yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga intilishi zarurligi, hushyorlik, ogohlik davr talabi ekanligini aytib o‘tdi. SHuningdek, dunyo miqyosida kengayib borayotgan jinoyat turlaridan biri odam savdosi haqida tushuncha berib o‘tar ekan, odam savdosiga qarshi kurash chora-tadbirlari, mazkur jinoyatning oldini olish, odam savdosiga qarshiga qaratilgan qonunlar bilan tanishtirib o‘tdi.

«Shukronalik» tadbiri ADTI Klinikasi binosida  Nevrologiya kafedrasi tomonidan  o’tkazildi. Tadbirni Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Ulugʻbek Karimov ochib, barchani kirib kelgan Yangi 2020-yil bilan tabrikladi va o‘quv dasturidagi Yangiliklar bilan tanishtirdi. Shundan so’ng, professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuylandi.

Kafedraning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha ma’suli N.Qayumova ustozlar va talaba- shogirdlar o‘rtasidagi munosabat mavzusida ma’ruza qilib o’tdi. Nevrologiya kafedrasi mudiri, dosent U.T.Abduqodirov instituda talabalarga yaralilayotgan sharoitlar  haqida gapirib, barcha talabalarga Yangi yil omadli kelishini tiladi.

ADTI  2-o‘quv binosida «Shukronalik» tadbiri Biologik kimyo kafedrasi tomonidan  o’tkazildi. Tadbirda kafedra mudiri M.Tojiboyev talabalarni YAngi yil bilan tabriklash bilan birga O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim sohasi vakillari, talaba-yoshlar va abituriyentlarning fikrini bilish maqsadida @TalabaYoshlar kanali Oliy ta’lim muassasalari o’rtasida yil laureat oliygohlarini aniqlash maqsadida «YIL E’TIROFI – 2019» so’rovnomasini o’tkizilayotganligi, mazkur so‘rovnomada har bir talaba o‘z fikri bilan ishtirok etishi mumkinligi aytib o‘tdi.

Andijon davlat tibbiyot institutidagi Yangi yilning ilk tadbiri – “Shukronalik” tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda yakunlandi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!