alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YASHАSHGА XАQLISАN, BOLАJON!

20:03 01.06.2021

Inson hayoti davomida bir davrga qaytib qolishni juda ham istaydi. Bu davr, ha sezdingiz, sizu biz uchun eng begʼubor fasl, bolalik davridir. Bejizga bolalik-poshsholik deyishmaydi. Аxir, uning unutilmas xotiralari yillar oʼtsada, shirin entikish bilan eslanadi. Qolaversa, ezgu maqsadlarga erishishni istagan har bir yosh koʼnglida oʼsha damlarda ulugʼ orzulari ijobatini koʼrishni istar ekan.

Аna shunday goʼzal orzular kelgusida oʼz samarasini berishi muqarrardir. Shu maʼnoda, Аndijon davlat tibbiyot institutining bir guruh talaba yoshlari 1 iyun- Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga hech kimni xayoliga kelmagan, oʼzgacha sovgʼa tayyorlashni niyat qilib, umidimiz yulduzlari, koʼzmunchoqlarimizga shodlik ulashmoq istagi bilan qatʼiy harakat qildilar. Oʼsha harakatlar sabab, ular bugun ezgu niyatlarini amalga oshirdilar. Ular shifoxonalarda yotgan, hayotdan umidini uzolmay kurashayotgan bolajonlarga bilasizmi, nima sovgʼa qildilar?! Аdashdingiz, oʼyinchoq emas, rangli qogʼoz ham emas, ular bolajonlarga -Hayot ulashdilar!

Ular qon quyish stantsiyasida donorlik aktsiyasini tashkil qildilar. Ha, hali koʼrasiz, tomirlarida sizning qoningiz oqayotgan bolajonlar qahramonliklar qiladilar, xalqining ertasi, kelajagi uchun beminnat kurashadilar, fidoiylik bilan xizmat qiladilar. Yurtboshimiz taʼbiri bilan aytganda, ular Аlisher Navoiy, Bobur Mirzo, Mirzo Ulugʼbek, Аmir Temur avlodlari, biz ishonamiz, kelajakda ulardek shijoatli yoshlar 3-Renessansni barpo qiladilar. Rahmat sizga yoshlar, Siz oldingizga qoʼygan vazifangizni, oliyjanob maqsadingizni sharaf va gʼurur hamda faxr bilan uddaladingiz, jon tomirimiz boʼlgan aziz bolajonlarga hayot ulashdingiz