YAXSHI DAM -MEHNATGA HAMDAM. – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YAXSHI DAM -MEHNATGA HAMDAM.

14:04 07.08.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.02.2018 yildagi PQ-3514-sonli “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.08.2017 yildagi PQ-3217-sonli  “2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.02.2018 yildagi PF-5326-sonli “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha institut tasarrufidagi Farg‘ona viloyatining xushmanzara  bo‘lgan  Shoximardonning Yordon  qishlog‘ida joylashgan dam olish maskanida 2019 yilning yoz mavsumini o‘tgan  davrida 400 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar, xodimlar, klinika tibbiyot xodimlari hamda ularning oila a’zolari maroqli dam oldilar.

Ular dam olish bilan birga sportning voleybol va shaxmat-shashka turlari bilan shug‘ullanmoqdalar.  Yangi o‘quv yiliga yangi kuch bilan bardam bo‘lib mehnat qilishlari uchun 2019 yil 30 avgustgacha qo‘shimcha 150 nafar xodimlarning dam olishlari rejalashtirilgan.

Skip to content Click to listen highlighted text!