aaa “YAXSHI” MFYDА YAXSHI TАDBIR TАSHKIL ETILDI | Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YAXSHI” MFYDА YAXSHI TАDBIR TАSHKIL ETILDI

16:26 04.05.2021

“Yaxshi” MFY ayni kunlarda institut bilan hamkorlikda ishlar olib borayotgan eng faol mahalalardan biri boʼlmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʼtgan videoselektor yigʼilishida yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish, ularni toʼgaraklarga jalb etish borasidagi topshiriq yuzasidan amalga oshirilayotgan bunday uchrashuvlar barcha koʼngilli yoshlarni bir maqsad sari birlashtirmoqda. Аndijon davlat tibbiyot institutining targʼibot jamoasi Аndijon shahar “Yaxshi” mahalla fuqarolar yigʼinida targʼibot tadbirlarini oʼtkazdilar.

Mahallada jami 4444 nafar aholi boʼlib, shundan 485 nafarini yoshlar tashkil etadi. Shulardan 19 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.

Viloyatimizda oʼtkazilayotgan “Madaniyat oyligi” doirasida MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi, jumladan uyushmagan yoshlar uchun oʼtkazilgan madaniy tadbirni “Dentis” nomidagi yosh musiqachilar jamoasi aʼzolari ochib berdi va barchani davraga chorladi.

Iqtidorli talaba yoshlarning mulyajlar yordamida amalga oshirgan birinchi tez tibbiy yordam koʼrsatish usullarini aholi vakillari olqishlar bilan qarshi oldilar. “Yosh volontyorlar” guruhi aʼzolari tomonidan sogʼlom turmush tarzi, toʼgʼri ovqatlanish hamda pandemiyaga qarshi kurashish va karantin talablariga rioya etish boʼyicha tarqatma materiaallar tarqatildi.

Tadbirda 110 nafardan ziyod mahalla aholisi, jumladan yoshlar ishtirok etdilar.