alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Yigitlarimizni – yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlaylik!

20:01 29.01.2020

Xabaringiz bor, «Kelajak bugundan boshlanadi, biz yoshlarimizga ishonamiz!» shiori ostida «Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasi amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov juda katta tashabbus, dadillik bilan viloyat hokimining 7 ta o‘rinbosari, tuman va shahar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari vazifasiga o‘n kun muddatga yoshlar vakillaridan mas’ullarni tayinladi. Bu loyiha ko‘pchilik tomonidan Andijonning yana bir tashabbusi sifatida ma’qullanmoqda. Ammo, afsuski, bu tashabbus, yangilikni “tomosha” qilayotgan “ba’zi insonlar” mas’ul lavozimlarga tayinlangan yoshlarning qoqilishini – “qovun tushurishini” kutib “yashashmoqda”.
Lekin tan olish kerakki, yoshlarimiz dadil qadam tashlashmoqda, kiyinish madaniyati, nutq madaniyati, o‘zarini tutishlari bilan viloyat hokimi bularga ishonch bildirgani bekorga emasligini ko‘rsatishmoqda. Andijon davlat tibbiyot instituti talabalaridan saylangan hokimlardan – Asaka tumaniga hokimlik qilayotgan Humoyun Ismoiljon o’g’li Qo’chqarovning dadil harakatlari tahsinga loyiq.  Humoyunga institut quvnoqlar va zukkolar jamaosi – “Ulfatlar” jamoasida yaratgan oborazlari “hokimlik” lavozimida juda asqatmoqda. Humoyun hokim vazifasini bajarishga kirishib tumandagi 32-maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish ishlari bilan tanishdi. Zamonaviy qiyofadagi va bolalar salomatligiga, ularning bolalarcha dunyosiga mos keladigani muassasa bunyod etish bo’yicha o’z fikrlarimni berdi.



Asaka sa’noat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida 5 ta muhim tashabbus doirasida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarga ham tuman hokimi vazifasini bajaruvchi  Humoyun Qo‘chqarov tashrif buyurdi. Tadbir davomida yoshlarning adabiyot va san’atni boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yoshlar o‘rtasida kompyuter va internetdan samarali foydalanishlarini tashkil etish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha foydali fikrlar bildirdi.


Ulug‘nor tuman xokimi lavozimiga O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davqlat tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Shoxruxbek O‘ktamjon o‘g‘li Sapioxunov tayinlandi.

Shohruhning yetakchilik qobiliyati o‘zini ko‘rsatdi. U 10 kunlik ish faoliyatining birinchi   kunidayoq Ulug‘nor tuman xokimligi binosida tuman xokimning barcha o‘rinbosarlari xamda yoshlardan tashkil topgan yangi 10 kunlik tuman xokimning o‘rinbosarlari ishtirokida vazifalar taqsimoti va 10 kun ichida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni bajarish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.   Shundan so‘ng tuman xokimning birinchi o‘rinbosari K.Nabiev bilan birgalikda tumanda amalga oshiriliyotgan ishlar bilan  tanishish maqsadida tuman Soliq inspeksiyasi, tuman Tibbiyot birlashmasi xamda tuman Majburiy ijro byurosiga borib qilingan, qilinayotgan va 10 kun ichida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bilan tanishdi.

Ilm-fan yo‘nalishi bo‘yicha anchagina iqtidoroli talabamiz Ilyosmirzo Fazliddinovich Ziyoyev Jalaquduq tumaniga hokim etib tayinlangan.

Ilyosmirzoning ochiq chehrasi, tadbirlarni olib borishdagi tajribasi odamlar bilan muloqot qilishida juda yaxshi yordam bermoqda. Ilyosmirzo Ziyoyev dastavval o‘zi uchun yangi soha bo‘lgan qishloq ho‘jaligi xodimlari bilan uchrashdi.

Kimlardur erta tongda uyqu bilan band bo‘lganida Jalaquduq tuman hokimi v.v.b. Ilyosmirzo kunlik ishini tumandaga Qilichmozor mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan «Qutayiba Ibn Muslim» qabrini ziyorat qilishdan boshladi. O‘sha joyning o‘zida ziyoratgoh haqida ma’lumot olib ziyoratgohni qayta qurish yuzasidan choralar ko‘rilishini ta’kidlab o‘tdi. Keyin yana bir kutilmagan tashrif – tumani markaziy dehqon bozoriga tashrif buyurdi. Dehqon bozorida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan tartibsiz sotilayotgan baliq, non mahsulotlarini tartibli joylashtirish hamda tuman DSENM hodimlari tomonidan aholiga sotilayotgan har qanday turdagi is’temol mahsulotlari nazoratini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

I.Ziyoyevning Bolalar va o‘smirlar sport maktabiga tashrifini ham samarali bo‘ldi. BO‘SM direktori tomonidan moddiy texnik jihozlarni yangilash yuzasidan qilingan murojaat joyida hal etilib qayta inventarizatsiya qilishga ko‘rsatma berdi. BO‘SMda tarbiyalanuvchi sportchilar uchun kiyim almashtirish xonalarini qayta ta’mirga tayyorlash hamda sportchilar foydalanish uchun tuman hokimligi tomonidan futbol to‘plari bilan taminlash yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Shundan so‘ng «Barkamol avlod» bolalar ijod maktabiga tashrif buyurdi. Barkamol avlod bolalar maktabida tashkil etilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan milliy qo‘g‘irchoqlar, hunarmandchilik mahsulotlari Ilyosmirzoning chinakamiga e’tiborga sazovor bo‘ldi. Maktab rahbariyati maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan ko‘proq shartnomalar tuzib, jajji o‘g‘il-qizlarga ko‘ngilochar tomoshalar qo‘yish fikri Ilyosbek Fazliddinovich tomonidan ma’qullandi. Bu borada amaliy ishlar tashkillashtirilishini bildirdi.

Marhamat tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi yosh rahbar – Andijon davlat tibbiyot instituti yosh olimlaridan Abdurauf Abdurashidov avvalo tumandagi qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishib chiqdi.

Marhamat tumanining kirish joyiga borib, u erdagi bino va inshoatlar bilan tanishib chiqdi. Shu atrofdagi kamchilik va muammolar yuzasidan mutasaddilarga o‘z ko‘rsatmalarini berdi. So‘ngra, Qoraqo‘rg‘on MFYda joylashgan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf qabristoniga borib, shoir qabrini ziyorat qildi. Bu alohida e’tirofga loyiq. Bunyodkorlik ishlari bilan tanishib chiqdi va shoir o‘sgan xonadonga borib, u erda yangi qurilayotgan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning muhtasham uy muzeyining qurilish jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, xonadon egalari bilan suhbatlashib, ularning taklif va mulohazalarini tinglab, ma’sul shaxslarga topshiriqlar berdi.


Shundan so‘ng, shoir o‘qigan 25-umumta’lim maktabiga borib, u erda bo‘layotgan ulkan bunyodkorlik ishlari bilan tanishib chiqib, maktabda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘zining takliflarini bildirdi.

Shuningdek, Alitepa MFY hududidagi “Marhamat metan gaz” MCHJ tomonidan yangi qurilayotgan shisha mahsulotlari hamda sochiq ishlab chiqarish zavodi va “Vodiy Shoes”  fabrikasi qurilish ishlari bilan  ham tanishdi. O‘rganish jarayonida “Shaxnoza tekstil” tikuv sexiga kirib, u erdagi sharoit bilan tanishgandan so‘ng, binoni isitish tizimi bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. Kun yakunida mutasaddilarga o‘zining taklif va mulohazalarini bildirib, tegishli topshiriqlar berdi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashi raisi Abdulhamid Nurmatovning vazifasini Andijon davlat tibbiyot instituti talabalaridan biri, institut quvnoqlar va zukkolar jamaosi a’zosi Fayzullo Xayrullo o‘g‘li Xodjimatov bajarmoqda.

Fayzullo A.Nurmatov bilan birga Andijon shahridagi bir qator mahallalarda bo‘ldi. “Bo‘ston” MFYda 6-maktabda uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. “Hamkorlik”, “O‘sh” ko‘chalaridagi fuqarolar Nina Prokudina, Mahmudjon ota Soipovlarning uylarida bo‘lishdi.


Aziz yurtdosh, tan olaylik, “Talaba-hokimlar”imiz kechagina sinf xonalarida o‘qib yurishgan talabalar, buni unutmaylik. Ular katta hayotda – katta lavozimlarda adashishlari mumkin, qoqilishi mumkin, bunga kulmaylik, aksincha yo‘lab qo‘yaylik, “ko‘rmaganga” olib qo‘yalik. Ular katta umid, katta ishonch bilan qadam tashlashmoqda. Duo qilaylik, yigitlarimizning yo‘llari ravon, manzillari oydin bo‘lsin!!!
Aziz yoshlar – yigitlar, biz sizga ishonamiz! Omad sizga hamisha hamroh bo‘lsin!

 ADTI Axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!