Yil sarhisobi ilmiy kengash yig‘ilishida  muhokama etildi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

ADTI ilmiy kengashlar zalida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni institut rektori M.Madazimov olib bordi. Yig‘ilish oldidan ilmiy yangiliklar va xabarlar e’lon qilindi.

Unda 2018-yil yakunida  (PHD)  falsafa doktorligi ilmiy unvoniga erishgan,  nevrologiya kafedrasi assistenti Dilnoza Maqsudovani ilmiy kengash a’zolari  nomidan  tabriklab, diplom va guldastalar  taqdim etildi.

Shunigdek, institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan yangi o‘quv qo‘llanma, darslik, kitob va monografiyalar mualliflari elon qilindi. Yig‘ilish  kun tartibidan yil sarhisobi va turli  masalalar o‘rin oldi.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan institut rektori M.Madazimovning 2018-2019-o‘quv yili yakunlariga bag‘ishlangan ma’ruza tinglanib, muhokama etildi. Ma’ruzada ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv –uslubiy, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari haqida gapirildi.

Innovatsiyalar, moliyaviy-iqtisodiy ishlar.moddiy-texnika bazasi, davolash va profilaktika ishlari, fan – ta’lim – amaliyot integratsiyasi, kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan  ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarga ko‘rsatilgan yordamlar sarhisob qilinib, kamchilik va muammolar, ilmiy salohiyatni oshirish bo‘yicha tavsiyalar o‘rtaga tashlandi.

Xalqaro  hamkorlik  bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinov so‘zga chiqib, bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar va Do0iston safari taassurotlari, hamkorlik samaralari, ikki diplomli qo‘shma fakultet ochish bo‘yicha o‘z  fikr-mulohazalarini bildirib, barchani  birgalikda ilmiy hamkorlikda  ishlashga chorladi.

573