alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Yil talabasi-2019” g‘oliblari munosib taqdirlandi

12:22 26.02.2020

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida “Yil talabasi-2019” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar bo‘yicha o‘rinbosari Yu.Absoatov, vazirlikning ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i O.Bazarov, vazirlikning ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori O.Xudaynazarov, tuman hokimligi rahbarlari, Qoraqalpog‘istondagi barcha OTM rektorlari ishtirok etdilar.

Tanlovning barcha g‘oliblariga “Yil talabasi-2019” statuetkasi, diplom va qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi. Taqdirlangan yoshlar qatorida Andijon davlat tibbiyot institutining davolash yo’nalishi 3- bosqich 315- guruh talabasi Muhammadayubxon Murodxon o’g’li Boboyev ham bor.

Muhammadayubxon hozirgacha 40 dan ortiq ilmiy maqolalar maqolalar, 100 ga yaqin tezislar, 3 mualliflik huquqi (patent), 10 ta ratsionalizatorlik takliflari, 10 ta amaliyotga tadbiq etilgan ishlar, 3 ta start up loyihalari muallifi. O’tgan uch yil davomida 40 yaqin ilmiy-amaliy anjumanlar ishtirokchisi va sovrindori. 2019-yil Rossiya davlatining Voronej shahrida o’tkazilgan “YIL TALABASI” tanlovi g’olibi. O’zbekistonda o’tkazilgan yil talabasi tanlovining “O’z mutaxassisligi bo’yicha yilning eng bilimdon talabasi»” naminatsiyasi bo’yicha Respublika bosqichida 3- o’rinni egalladi.

Ilmiy ishlarini hozirgi kunda dolzarb mavzu hisoblangan allergik kasalliklar haqida olib bormoqda.
Taqdirlash marasimidan so‘ng ishtirokchilar tumandagi “Future Muynak” IT markaziga tashrif buyurib, Markazda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

OTM rektorlari tomonidan Mo‘ynoq tumani maktab o‘quvchilari uchun kitoblar sovg‘a qilindi.
Shuningdek “Yil talabalari” uchun “Kemalar qabristoni” va tumanning diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi.

“Yil talabasi-2019” g‘oliblarini taqdirlashi marosimi barcha ishtirokchilarda katta taassurt qoldirdi.

I.Sattiboyev

ADTI ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!