alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YO‘LLARDA JAROHATLANISHNI KAMAYTIRISH YUZASIDAN JAMOATCHILIK MULOQOTI O‘TKAZILADI

11:54 19.05.2021

Dunyo bo‘ylab har 24 soniyada yo‘l-transport hodisasi natijasida yana bir kishi halok bo‘ladi. BMT JSST bilan birgalikda #Love30 kampaniyasini o‘tkazmoqda va barcha mamlakatlar ko‘chalarida tezlikni 30 km/soatiga cheklashga chaqirmoqda.

«Yuksalish» umummilliy harakati joriy yilning 17-mayidan 21-mayiga qadar oltinchi marta o‘tkazilayotgan BMTning Xavfsiz yo‘l harakati global haftaligini qo‘llab-quvvatlaydi. Eng yaxshi shahar bu — transport vositalari uchun emas, insonlar uchun mo‘ljallangan shahardir. Shuning uchun harakatlanishda qulaylikni transport vositalariga emas, insonlarga qaratish kerak.

25-may kuni jamoat tuzilmalari, manfaatdor davlat idoralari va OAV vakillari ishtirokida yo‘llarda jarohatlanishni kamaytirish yuzasidan jamoatchilik muloqoti o‘tkazilishi rejalashirilgan. Yakunda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik va davlat idoralarining umumlashgan pozitsiyasi, yo‘llarda jarohatlanish va o‘limni kamaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalari ishlab chiqilishi kutilmoqda.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!