alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YONGʻIN XAVFSIZLIGIGA RIOYA QILISH BORASIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

09:42 29.11.2021

YONGʻIN XAVFSIZLIGIGA RIOYA QILISH BORASIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

Talabalar turar joyida talabalarning yongʻin xavfsizligiga rioya qilishlari borasida davra suhbati tashkil etildi. Unda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov, Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Abduhalimov, fakultetlarning dekan oʻrinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Suhbat davomida texnika xavfsizligiga qatʼiy rioya etish, qoʻlbola isitish vositalaridan yashirincha foydalanmaslik, yongʻin xavfi sezilgan vaqtda talabalar turar joyi tarbiyachilariga yoki mutaxassislarga murojaat qilish zarurligi taʼkidlandi.

Shuningdek, darsdan boʻsh vaqtlarini behuda oʻtkazmay, talabalar turar joyida tashkillangan toʻgaraklarda hunar oʻrganish, qoʻshimcha mashgʻulotlar bilan shugʻullanish borasida ham maʼlumotlar berildi.