alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YOSH OLIM” TАNLOVIGА MАRHАMАT

11:16 29.05.2021

“YOSH OLIM” TАNLOVIGА MАRHАMАT

Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Boʼlajak olim” tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi – iqtidorli va isteʼdodli yosh olimlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.

Boʼlajak olim tanlovi doirasida yosh olimlarning:

Ilmiy gʼoyalari ragʼbatlantiriladi

Ilmiy va startap loyihalari moliyalashtiriladi.

Ilmiy gʼoyalarni ragʼbatlantirishga qoʼyiladigan shartlar:

  1. Talabgorlarning yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi

va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;

  1. 1 ta ishtirokchi 1 ta gʼoya bilan ishtirok etishi;
  2. Topshirilgan ilmiy gʼoyani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʼ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari (98 mln soʼm)dan oshmasligi;
  3. Ilmiy gʼoyalar asosida maket va (yoki) prototip, dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng koʼp muddati bir yilgacha boʼlishi.

Tanlov doirasida Ilmiy gʼoyalar boʼyicha takliflar joriy yilning

20-iyun soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Bunda vazirlik tomonidan taqdim etilgan shakllar asosida quyidagi hujjatlar www.yoshlarakademiyasi.uz veb-sahifasining tanlovlar rukniga yuklanishi lozim:

  1. Loyihaga nomzodning maʼlumotnoma-obʼyektivkasi (anketa), fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi, 3×4 sm oʼlchamdagi oq fondagi 2 dona rangli fotosurati ilova qilinadi.
  2. Ilmiy gʼoya matni. Bunda ilmiy gʼoyaning amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʼlarning aniq va asoslangan hisob-kitob qilingan hamda uni amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koʼrsatilgan boʼlishi lozim. Аsl nusxasi skaner qilinib, pdf hamda word shaklida taqdim etiladi.
  3. Ilmiy gʼoyani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʼ toʼgʼrisida maʼlumotnoma va xarajatlar smetasi.
  4. Ilmiy gʼoya taqdimoti. (5 slayddan oshmasligi, ilmiy gʼoya mazmuni toʼliq yoritilgani).

www.yoshlarakademiyasi.uz sayti orqali loyihalarni topshirish bilan bogʼliq texnik masalalar boʼyicha: (71) 203-32-23 (230, 233).

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!