Yosh olimlar uchun sinov maydoni

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar yo‘nalishida “Andijon innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning rasmiy ochilish marosimida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov, Hindistonning Gujarat shtati vakillari ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi, shu jumladan Gujarat shtati o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov respublikada ilk hududiy innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasi aynan Andijonda o‘tkazilish sababi haqida gapirar ekan, Prezidentimiz meva-sabzavotchilik klasterlarini tuzish bo‘yicha bergan topshiriqlarini o‘rganish davomida juda ko‘p g‘oyalar, innovatsiyalar xalqimiz, tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar qo‘lida ekaniga guvoh bo‘lib, ularning namoyishini tashkil etish g‘oyasi chiqqanini ta’kidlab o‘tdi.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti bilan xamkorlikdagi Respublika oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarning “startup” loyihalari ham namoyish etildi.

Jumladan, Andijon davlat tibbyot instituti yosh olim  doktorantlari va iktidorli talabalari o‘zlarini ilmiy izlanishdagi loyihalari va «startup» lari bilan ishtirok etishdi. Yosh olimlarimizning g‘oyalari va loyixalari ko‘rgazma ishtirokchilari orasida ko‘plab qiziqishlarga sabab bo‘ldi.

Andijon davlat tibbyot institutida Startup bo‘yicha 6 ta loyiha ishlari hozirda o‘zini ijobiy natijalari ko‘rsatmoqda.

Iqtidorli talabalarimizdan pediatriya fakulteti 302-gurux talabasi Abdurauf Abdurashidov, stomatologiya fakulteti 3-kurs talabasi Azizbek Salomovlar 1 tadan startup loyixasi, davolash fakulteti 511-gurux talabalari Islomjon Bektashov, Asilbek Dilshodovlar 3 ta startup loyixasi bilan ishtirok etishmoqda.

Xalqaro tadbirni viloyatimizda o‘tkazilishi soha rivojida yana bir dadil qadam bo‘lishi bilan birga yosh olimlar uchun katta sinov maydoniga aylandi.

Sh.YA.Bustanov

ADTI Iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini

 tashkil etish bo‘lim boshlig‘i

286