Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari har sohada ilg‘orlar qatorida borishga intilmoqdalar. Bu intilishga hamohang institut talabalarining yutuqlari ham e’tirofga loyiq. Tibbiyotchilarning mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida olib borayotgan ishlari alohida maqtovga loyiq.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha institut Yuqumli kasalliklar kafedrasi tashabbusi bilan “Yosh shifokorlar – milliy taraqqiyotimiz tayanchi” mavzusi ostida talabalar olimpiadasi o‘tkazildi.
“Yosh shifokorlar – milliy taraqqiyotimiz tayanchi” talabalar olimpiadasida institut pedatriya fakuteti 5-kurs talabalari ishtirok etishdi. Ishtirokchilar yuqumli kasalliklarni yoritish bo‘yicha taqdimot o‘tkazish, smulatsion ko‘nikmalar, ijodiy ishlar, kampyuter texnologiyalaridan foydalanish, kitobxonlak, pazandachilik yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalashdilar.
Iqtidorli talabalar bahsini 5-kurs talabasi Nozimaxon Abdumo‘minova juda chiroyli olib bordi.
Yuqumli kasalliklarni yoritish bo‘yicha taqdimotda 517-guruh talabalaridan Shirinoy Oripova, Shoxsanam Alimova, Marhabo Mo‘minovalar tanlagan sohalari bo‘yicha yaxshi bilimga ega ekanliklarini ko‘rsatishdi. Talabalarning smulatsion ko‘nikmalar bo‘yicha bilimlarini dotsent Dildoraxon Mirzakarimova rahbarligidagi yuqumli kasalliklar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda pediatriya fakulteti dekan o’rinbosari K.A.Baydullayev sinovdan o‘tkazdilar.
Shaxmat-shashka musobaqasida bo‘lg‘usi shifokorlar sport bilan muntazam shug‘ullanishlarini bilib oldik.
Tibbiyot sohasida kampyuter texnologiyalaridan foydalanish davr talabi. “Yosh shifokorlar – milliy taraqqiyotimiz tayanchi” talabalar olimpiadasida talabalarning kampyuter texnologiyalaridan foydalanish borasidagi bilimlarini baholashga alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘sh vaqtlarida o‘qigan badiiy asarlari haqida hikoya qilib bergan talabalar kitob bilan oshno ekanliklarini ham ko‘rsatishdi.
O‘zlari tayyorlagan bir-biridan totli shirinliklar bilan talaba qizlar yaxshigina pazanda ekanliklarni ko‘rsatishdi.
Andijon davlat tibbiyot instituti Yuqumli kasalliklar kafedrasi tashabbusi bilan “Yosh shifokorlar – milliy taraqqiyotimiz tayanchi” mavzusi ostida o‘tkazilgan talabalar olimpiadasi bo‘lg‘usi shifokorlar har tomonlama etuk insonlar bo‘lib kamol topayotganligini ko‘rsatdi. O‘zaro bahsda yuqori ko‘rsatichlarga ega bo‘lgan talabalar maxsus “Sertifikat” bilan taqdirlandilar.
Biz “Yosh shifokorlar – milliy taraqqiyotimiz tayanchi” mavzusi ostida o‘tkazilgan talabalar olimpiadasining barcha ishtirokchilariga kelgusida yangidan-yangi yutuqlarni qo‘lga kiritishlariga tilakdoshmiz.
Odiljon KARIMOV
ADTI matbuot kotibi