alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YOSH VOLONTYORLАR”NING NАVBАTDАGI MАNZILI OLTINKOʼL TUMАNI BOʼLDI

16:15 07.07.2021

“YOSH VOLONTYORLАR”NING NАVBАTDАGI MАNZILI OLTINKOʼL TUMАNI BOʼLDI

Kasallikka qarshi chora tadbirlar, avvalo sogʼlom turmush tarziga va gigiyena qoidalariga amal qilishdan boshlanadi. Аndijon davlat tibbiyot institutining “Yosh volontyorlar” koʼngilli yoshlar guruhining navbatdagi manzili Oltinkoʼl tumani boʼldi.

Yoshlar tumandagi “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yigʼinidagi “Eski guzar”, “Shohona”, “Yangi turmush”, “Toshtemir” koʼchalarida 75 dan ziyod xonadonlarda boʼldilar. Ular aholiga sogʼlom turmush tarziga rioya qilish, toʼgʼri ovqatlanish, karantin qoidalariga amal qilishlari boʼyicha, shuningdek, fuqarolarga pandemiya sharoitida inson salomatligi uchun xavf tugʼdiruvchi omillar, ularga qarshi qoʼllaniladigan chora-tadbirlar, vaksiyanatsiya jarayonlari borasida tavsiya va maslahatlar berib bordilar.

Inson salomatligi uchun foydali maslahatlar berilgan tarqatma materiallar ulashdilar. Mahalla aholisi bilan birma-bir suhbat olib borilar ekan, aholining tibbiy savodxonligi ham oʼrganildi. Sogʼlom turmush tarziga rioya qilish borasida ularning fikr-mulohazalari ham tinglandi.