alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YOSH VOLONTYORLAR ANDIJON SHAHRIDA SOG'LOM HAYOT AKSIYASINI O'TKAZDILAR.

16:52 10.07.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti yosh Volontyorlar jamoasi Andijon shahri 5-oilaviy poliklinika hududiga qarashli  Gumbaz M.F.Y Ohunboboyev ko’chalarida sog’lom hayot aksiyasi o’tkazishdi.

Yosh Volontyorlar ko’chalarda o’tkazilgan targ’ibot davomida mahallada yashovchi aholilarga Sog’lom ovqatlanish ratsioni bo’yicha qanday qilib tuzsiz salatlar va ovqatlar tayyorlashni amalda ko’rsatib berdilar.

Inson hayotida ko’p uchraydigan kasalliklar jumladan: tana vaznining ortishi (Semizlik), Gipertoniya (qon bosimining oritishi) va boshqa kasalliklarning oldini olish bo’yicha kerakli maslahatlar berildi.

Karantin davrida aholi o’rtasida niqob bilan yurishni va gigiyenik qoidalarga amal qilish to’g’risida ham tushuntirildi. Keyinchalik aholiga koronavirus pandemiyasi davrida zarurat bo’lmasa ko’chalarga chiqmaslik agarda zarurat bo’lganida ham tibbiy gigiena qoidalariga amal qilish bo’yicha targ’ibot ishlarini amalga oshirishdi.

ADTI Yoshlar ittifoqi