Yosh volontyorlar karantin qoidalari bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Pandemiyaga qarshi kurash masalalarida uzviylikni ta’minlash maqsadga muvofiqdir. Hozirda Andijon davlat tibbiyot institutining ko‘ngilli yoshlaridan tashkil topgan yosh volontyorlar jamaosi  viloyatning barcha tuman va shaharlarida “Sog‘lom tumush tarzi va karantin qoidalari” bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda.

Bugun ular Paxtaobod tumani Boston Mahalla fuqarolar yig‘inidagi 53-qishloq vrachlik punkti va “Navroz” QVPga qarashli kochalarda bo‘lishdi.

O’tkazilgan targ’ibot ishlari davomida karantin davrida aholi o’rtasida niqob bilan yurishni va gigiyenik qoidalarga amal qilish, pandemiya davrida zarurat bo’lmasa ko’chalarga chiqmaslik, agarda zarurat bo’lganida ham tibbiy gigiena qoidalariga amal qilish bo’yicha targ’ibot ishlarini amalga oshirishdi.

Aholi yosh volontyorlarning qiziqarli suhbatlari va foydali maslahatlaridan mamnun bo‘lishmoqda.

 

ADTI yoshlar ittifoqi

235