(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Yosh volontyorlar targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida

16:30 06.08.2020

Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov aholiga qilgan murojaatida karantin talablariga qat’iy rioya qilishga va har kim o‘z sog‘ligiga befarq bo‘lmasligini alohida ta’kidladi. Karantin talablariga rioya qilish borasida olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etishmoqda. Jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti yosh volontyorlar jamoasi viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida sog’lom hayot aksiyasini o’tkazmoqdalar.


Bugun “Yosh volontyorlar” Andijon shahri hududida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini amalga oshirdilar. Aksiya davomida ko’ngilli yoshlar aholi gavjum joylar – bozorlar, savdo shaxobchalari, dorixonalarda bo‘lishib fuqarolar, savdo xodimlari bilan dildan suhbatlashib, sog’liklarini saqlash bo’yicha o’z maslaxatlarini berib, karantin davrida aholi o’rtasida niqob bilan yurishni va gigiyenik qoidalarga amal qilish to’g’risida tushuntirdilar, gigiyenik ma’lumotlar hamda kornonavirus belgilari va uning oldini olish haqida ma’lumotlar jamlangan bukletlarni tarqadtilar.


Andijon davlat tibbiyot instituti yosh volontyorlar jamoasining sog’lom hayot aksiyasi davom etmoqda.

ADTI Yoshlar ittifoqi