alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Yosh volontyorlarning targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tumanlarda davom etmoqda

14:03 14.08.2020

Bugungi kunda har birimiz karantin talablariga qat’iy rioya qilishimiz va o‘z sog‘ligiga befarq bo‘lmasligimiz zarur. Karantin talablariga rioya qilish borasida olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etishmoqda. Andijon davlat tibbiyot instituti yosh volontyorlar jamoasi viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida sog’lom hayot aksiyasini o’tkazmoqdalar.


Bugun “Yosh volontyorlar” Oltinko‘l tumani hududida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini amalga oshirdilar. Ko’ngilli yoshlar aholi gavjum joylar – bozorlar, savdo shaxobchalari, dorixonalarda bo‘lishib fuqarolar, savdo xodimlari bilan suhbatlashib, sog’liklari saqlash bo’yicha o’z maslaxatlarini berib, karantin davrida aholi o’rtasida niqob bilan yurishni va gigiyenik qoidalarga amal qilish to’g’risida tushuntirdilar, gigiyenik ma’lumotlar hamda kornonavirus belgilar va uning oldini olish haqida ma’lumotlar jamlangan bukletlarni tarqadtilar.


Andijon davlat tibbiyot instituti yosh volontyorlar jamoasining “Sog’lom hayot” aksiyasi davom etmoqda.

ADTI Yoshlar ittifoqi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!