alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YOSH VOLONTYORLAR”NING TARG’IBOTI DAVOM ETMOQDA

17:58 24.01.2022

Aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, koronavirus xavfining oldini olishda o’z tashabbuslarini ilgari surayotgan Andijon davlat tibbiyot institutining “Yosh volontyorlar” jamoasi bu gal Andijon shahridagi “Poloson” hamda “Suv yulduz” MFYlarida bo‘ldilar.

Covid-19ning yuqish yo‘llari, oldini olish choralari, vaksinatsiya jarayonlarida faol ishtirok etish borasida aholiga batafsil ma’lumot berdilar. Omikron shtampining yuqish yo‘llari va inson organizmiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish borasida ham tushuntirib o‘tdilar. Shuningdek, mavzu borasidagi kengroq ma’lumotlar keltirilgan tarqatma materiallar ham ulashildi.