alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«TIBBIYОTDA VA TIBBIY TA’LIMDA INNOVATSIYА» MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI

15:32 07.12.2018

2018- yil 7- dekabr kuni  Andijon davlat tibbiyot institutida  “Faol tadbirkorlik,  innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab –quvvatlash yili”ga bag‘ishlangan  “Tibbiyotda va tibbiy  ta’limda  innovatsiya” mavzusida  xorijiy mehmonlar ishtirokida  ilmiy-amaliy  anjuman bo‘lib o‘tdi. ADTI  “Yosh  olimlar kengashi”  hamda  yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti  faollari  tomonidan  tashkil  etilgan  anjumanga  Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti meditsina  fakultetining  professor-o‘qituvchilari va talabalaridan iborat  delegatsiya  tashrif buyurdi.

Qirg‘izistonlik mehmonlarni  ADTI professor –o‘qituvchilari, institut yoshlar ittifoqi  boshlang‘ich tashkiloti  faollari  va talabalar  “Andijon polkasi” sadolari  ostida samimiy kutib  oldilar.

Dastlab ,O‘sh davlat universiteti  meditsina fakulteti  professor-o‘qituvchilari va talabalari  ADTI muzeyini tomosha qildilar, simulyatsion markazi  hamda  axborot texnologiyalar  bo‘limida  bo‘lishdi.




Ekskursiya  davomida ADTI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov mehmonlarga  hamrohlik qilib, bu yerda yaratilgan  shart-sharoitlar, amaliyot jarayonlari bilan  ularni yaqindan tanishtirdi.


So‘ngra ilmiy kengashlar zalida  «Tibbiyotda va tibbiy ta’limda  innovatsiya» mavzusida  ilmiy- amaliy  anjuman o‘tkazildi. Anjuman  ishini ADTI yoshlar  bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.Asxanov ochdi va olib bordi.

 

Tadbir avvalida  ADTI professorlari F.Nishonov, A.Arziqulov, O‘shDU meditsina fakulteti professori A.Mamasaidovlar  so‘zga chiqishib, barcha ishtirokchilarni qizg‘in tabrikladilar  va anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladilar.


Shuningdek,   anjuman  jarayonini  ADTI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.Hodjimatov, professor Z.Salohiddinov, O‘shDU professori S.Shatmanov, tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi professor- o‘qituvchilari, mutaxassislar kuzatib bordilar. Anjumanda har ikki oliygoh  professor-o‘qituvchilari va talabalari  o‘zlarining  dolzarb mavzudagi ma’ruzalari bilan faol  qatnashdilar.

Tadbirda 1-o‘rinni O‘shDU talabasi G.Tashieva, 2-o‘rinni ADTI talabasi T.Baxriddinov, 3-o‘rinni  qirg‘izistonlik talaba T.Abdullaevalar egalladilar. Shuningdek, ADTI dotsenti Sh.Atajanova “Eng yaxshi maqola”, ADTI magistratura talabasi Sh.Ahmadaliev “Eng yaxshi ma’ruza”, ADTI pediatriya 2-kurs talabasi A.Abdurashidov “Eng yaxshi tashkillashtirilgan ish”, ADTI magistratura talabasi A.Abdurahimov “Eng yaxshi innovatsion g‘oya” nominatsiyalari bo‘yicha  g‘olib bo‘ldilar.



Anjuman yakunida  g‘oliblarga  esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.


 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!