alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YOSHLAR FORUMI”NING YAKUNIY BOSQICHI OʻTKAZILDI

23:29 25.12.2021

“YOSHLAR FORUMI”NING YAKUNIY BOSQICHI OʻTKAZILDI

Viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan “Oʻzbekiston yoshlar forumi-2021” haftaligi oʻtkazildi. Unda yoshlarning bandligini taʼminlash, tadbirkorligiga koʻmaklashish, iqtidorli yoshlarni kashf etish, intellektual salohiyatlarini oshirish, IT sohasiga qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyiha va tadbirlar tashkil etildi. Andijon shahridagi “Yoshlar markazi”da forumning yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Forum doirasidagi tadbirlar, loyihalar hamda bellashuvlarda viloyatimiz yoshlari munosib ishtirok etdilar. “Talabalar teatr studiyasi”, “Maʼrifat maydoni” kabi tanlovlarda va turli startap loyihalarida Andijon davlat tibbiyot instiutining talabalari ham faol qatnashdilar.

Oʻtkazilgan viloyat tadbirida barcha yoshlar qatori talabamiz Shohjahon Abdurahmonov ham taqdirlandi.