alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati

16:58 25.02.2019

Bugun, 25- fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida  Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya loyihasi targ‘ibotiga  bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov ochib berdi. Shundan so‘ng, Andijon shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi  Z.Qodirov so‘zga chiqib, “Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya  haqida ma’ruza qildi.

Talabalarga  mazkur konvensiya haqida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 14-sentabdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati  to‘g‘risida»gi Qonuni to’g’risida  tushuncha berdi, mamlakatimizda  yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, g‘amxo‘rliklar, yoshlar masalasi va ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar xususida gapirdi.

Davra suhbatida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyat bo‘limi rahbari M.G‘ofurov ham so‘z olib,  yoshlar ma’naviyati haqida o‘zining fikr –mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Ochiq muloqot  tarzidagi  davra suhbati qiziqarli va mazmunli o‘tdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!