Andijon davlat tibbiyot instituti yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari tomonidan sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga bag‘ishlangan aksiya davom etmoqda.
Kuni kecha ana shunday aksiya Andijondagi Jahon bozori hududida o‘tkazildi. Shu kuni yoshlar ittifoqi faollari aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, favqulodda holatlar yuz berganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘nikmalarini sahna ko‘rinishlari orqali izohlab, ko‘rsatib berdilar. Fuqarolarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi bukletlar tarqatdilar. Aholi bilan ochiq muloqotda bo‘lishib, birinchi yordam ko‘rsatish, turli kasalliklarni oldini olish, davolash ishlari bo‘yicha ularni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
Yoshlar aksiyasi yurtdoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Aksiya jarayoni qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.