alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini shakllantirish

09:22 26.05.2020

Munosabat

Intellektual yoshlarni shakllanishida kitobning ahamiyatini yanada oshirish, ularni kitob o‘qishga qiziqtirish va shu orqali mustaqil fikr-mulohaza qilish, jahon ilm-fan va madaniyati yutuqlaridan bahramand etish maqsadida, Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusning To‘rtinchi yo‘nalishi-YOshlar ma’naviyatini, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etilishi ham bugungi kunda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirishga berilayotgan imkoniyatlarning yana bir na’munadidir.
Har bir insonning, har bir oilaning , jamiyatimizning asosiy vazifasi qobilyatli farzandlarni o‘stirish, ularni jismonan va ma’nan etuk,ota-onasiga , Vataniga sodiq insonlar qilib tarbiyalashdan iborat. Demak, yoshlarimizning eng birinchi galdagi mutolaa madaniyatining shakllantiradigan asosiy insonlar bu ularning ota-onalari hisoblanadi.
Oila tarbiyasida oilaning butun turmush tarzi va ota-onalarning bolalar bilan munosabati katta ro‘l o‘ynaydi. Bundan tashqari, aqliy rivojlanish insonning butun umri mobaynida amalga oshsa, bundan farqli ravishda, xarakter , iroda, hissiyot asosan bolalik va yoshlik yillarida tarkib topadi.


Farzand tarbiyasi ma’suliyatni talab etadi. Ma’suliyatni his qilgan inson o‘z ishini doimo puxta rejalashtirib , uning oqibatlarini oldindan tasavvur qiladi erishish uchun butun kuch va salohiyatini safarbar etadi.
Oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish asosida ota-ona farzandlarining nurli kelajak uchun zamin hozirlayotgan bo‘ladi. Bu ota-onadan farzand oldidagi ,el-yurt oldidagi ma’naviy burchni to‘g‘ri anglashni , oilaviy munosabatlarni shakllantirish , ularni mustaqil fikrlaydigan shaxslar etib tarbiyalashni taqazo etadi
Qatrada quyosh aks etganidek, farzandda onaning ma’ naviy qiyofasi ham aks etadi. Zero, Hadisi sharifda: Hech bir ota o‘z farzandiga xulq, odobdan buyukroq meros bera olmaydi», deyiladi. Haqiqatdan ham , bola kelajakda qanday inson bo‘lib etishishi ko‘proq ota-onasiga , o‘z oilasiga, ilm olayotgan dargohiga hamda uni o‘rab turgan muhitga bog‘liq. Shunday ekan, har bir ota-ona o‘z farzandini ezgu maqsadga intiluvchan, oldiga qo‘ygan maqsadlari sari dadil davom etuvchi, o‘qish va ishda matonatli, tashabbuskor qilib tarbiyalmog‘i lozim. Chunki bugun biz tarbiyalayotgan farzandlar ertangi O‘zbekistonning nurli kelajagi bo‘lib xizmat qiladi.

Moximir Mamadjanova,
ADTI o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi,
Moxigul Umarxo‘jayeva
ADTI Stomatologiya fakulteti 1-bosqich 102- guruh talabasi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!