alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Yoshlar tarbiyasi va milliy qadriyatlar” qo‘llanmasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

14:03 14.07.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi tomonidan chop etilgan “Yoshlar tarbiyasi va milliy qadriyatlar” qo‘llanmasining onlayn taqdimot marosimini yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.X.Asxanov olib bordi.

Institut professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etgan onlayn taqdimot marosimida institut rektori, professor M.M.Madazimov pandemiya sharoitida yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati xususida so‘z yuritdi.

“Yoshlar tarbiyasi va milliy qadriyatlar” qo‘llanmasida Andijon davlat tibbiyot instituti olimlari, professor-o‘qituvchilarining ajdodlarimiz merosi, o‘zbek xalqining ulug‘ allomalari, insoniy fazilatlar, ma’naviyat, yoshlar tarbiyasiga oid yuzdan ziyod maqolalari chop etilgan. Institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.X.Asxanov qo‘llanma haqida ma’lumot berar ekan, uslubiy qo‘llanma ikki qismdan iborat holda chop etilganligi, undan joy olgan maqolalardan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda keng foydalanish mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

Taqdimot marosimi ishtirokchilari “Yoshlar tarbiyasi va milliy qadriyatlar” qo‘llanmasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir davomida ma’naviy-ma’rifiy qo‘llanmaning elektron shakli barcha kafedralarga yetkazilishi bildirildi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!