alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

#Yoshlarforumi #Andijon2021

21:44 21.05.2021

Andijonda bo’lib o’tayotgan Yoshlarni bir maqsad sari birlashtiruvchi “Yoshlar forumi Andijon – 2021” tadbiri doirasida Andijon davlat tibbiyot institutining «Shifokorlar» talabalar teatr studiyasi jamoasi faol ishtirok etdi. Jamoalar tadbir davomida o‘zlari sahnalashtirirgan teatr ko‘rinishlarini namoyish etdilar. Sahnalashtirilgan barcha spektakllar badiiyligi, tarbiyaviy ahamiyati, ta’sirchanligi bilan barchaga manzur bo‘ldi. Ayniqsa, Andijon davlat tibbiyot institutining “Shifokorlar” jamoasningi Sharof Boshbekov asari asosida sahnalashtirilgan “Ko‘cha bolalari” spektakli institut talabalari tomonidan mohirona ijro etildi va tomoshabinlarning taxsiniga sazovor bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘z sahna ko‘rinishlarida ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, izlanuvchanlik fazilatlarini tarannum etgan “Shifokorlar” jamoasi viloyat hokimi kubogini qo‘lga kiritdilar.

Viloyat bosqichida mutloq g’olib bo’lgani uchun Andijon shahar Registon maydonida bo’lib o’tgan tadbir davomida viloyat hokimining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!