alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Yoshlarimiz komil insonlar bo‘lib kamol topishlari uchun

18:30 20.02.2020

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘z chiqishlarida: “Zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak”, – deya alohida ta’kidladilar. Darhaqiqat, inson o‘z hayoti davomida o‘rganish, ma’rifat va madaniyatga intilib yashashi zarur. Bu fikr, bu g‘oya har bir ta’lim muassasasida tahsil olayotgan yoshning dilida bo‘lishi kerak.

Andijon davlat tibbiyot instituti 2-o‘quv binosida o‘quv jarayoni qizg‘in davom etmoqda. O‘quv jarayonini kuzatar ekansiz talabalarga yaratilgan  shart-sharoitlarga havasingiz keladi. Keng va yorug‘ ma’ruzalar zallari talabalar bilan to‘la. Institut tibbiy kimyo kafedrasi dotsenti I.Xamidov davolash fakulteti 106-. 107-, 111-talabalariga “Geterofunksional geterotsiklik birikmalar” mavzusida ma’ruza o‘qimoqda.


Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanilgan holda o‘tkazilayotgan ma’ruzalarni talabalar qiziqish bian tinglamoqdalar.


Bolalar kasalliklari propedevtikasi va poliklinik pediatriya kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Jalolova davolash fakultetining 208-, 209-, 2010, 211-guruh talabalariga “1 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ovqatlantirish” mavzusida ma’ruza o‘qimoqda.


Talabalarning zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishlari, ma’rifatli, yuksak madaniyatli insonlar bo‘lib kamol topishlari uchun institutda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Yoshlarning zimmasida esa birgina vazifa – sidqidil bilan o‘qish va jismonan chiniqqan, ma’naviy yetuk komil insonlar bo‘lib kamol topish.

Kozimjon Baydullaev,

ADTI pediatiriya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!