alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Yoshlarimizni ham ma’naviy, ham iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaymiz

15:39 14.09.2019

Munosabat

Mamlakatimizda yosh avlodning barkamol insonlar bo‘lib kamol topishlariga alohida e’tibor, g‘amxo‘rliklar ko‘rsatiladi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim, umumta’lim maktablarida qanchadan-qancha farzandlarimiz bepul bilim olishadi, tarbiya topishadi. Bu imkoniyat, shart-sharoitni alohida e’tirof etishimiz kerak. Yana shuni alohida faxr bilan aytish kerakki, yoshlarimiz – oliy ta’lim muassasalarining talabalari sidqidil bilan ilm-fan, san’at sirlarini o‘rganishib ulkan yutuqlarni qo‘lga qiritishmoqda. Bu esa mamlakatimiz yoshlarining hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, yaratilayotgan shart-sharotlarga munosib javoblaridir.
Dunyoga teran nigoh boqib, xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimini taxlil qiladigan bo‘lsak, juda ko‘p davlatlar, xususan, rivojlangan davlatlarda ham pulli ta’lim tizimi shakllanganligini ko‘ramiz. Bu salbiy holat emas, aksincha, ta’lim tizimidagi tarbiyachining ham tarbiyalanuvchining ham zimmasiga mas’uliyat yuklaydi, ta’lim sifatini oshirishiga xizmat qiladi.
Mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida to‘lov-shartnoma asosida o‘qitilishi joriy etilishida ham mana shu omillar ko‘zda tutilgan. Bu masalaga alohida e’tibor qaratishimiz zarur.
Ko‘pchilikning muhokamasiga asos bo‘layotgan, yangi o‘quv yilida to‘lov-kontrakt qiymati miqdorini 18 foizga oshirilishida asosiy omil sifatida, oliy ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi miqdorlari, kommunal xizmatlar ta’riflari va boshqa saqlash xarajatlari oshgani holda, oliy ta’lim muassasalari xarajatlari daromadlariga nisbatan 74 foizga o‘sganligi inobatga olingan.
Shu bilan birga, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov ko‘rsatkichi 2017/2018 o‘quv yilidagi 9 foizdan 20 foizga ortgan. Talabalar kontingentining ko‘payganligi oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar va o‘quv binolari quvvatlarini yaratish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni talab etadi.
Yana shuni aytib o‘tish kerakki, iqtisodiy hisob-kitoblarga ko‘ra 2019/2020 o‘quv yilidan to‘lov-kontrakt miqdorlarining o‘rtacha 18 foizga oshirilishi qaramay bir talabani bir yillik o‘qitish xarajatlarini qisman, ya’ni o‘rtacha 68 foizi qoplamoqda xolos
Joriy o‘quv yilidan stipendiyali va stipendiyasiz o‘qish tizimi to‘liq ishga tushadi. Qat’iylashtirilgan 400 ming so‘mlik stipendiya davlat byudjeti asosida o‘qiydiganlar uchun ham, kontraktda o‘qiydiganlar uchun ham joriy etiladi.
Talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘zlashtirishi yaxshi bo‘lgan, ilmiy va jamoatchilik ishlarida faol bo‘lgan talabalarga stipendiyaning 50 foizigacha qo‘shimcha rag‘batlantirish berilishi mumkin. Bunday rag‘batlantirish mablag‘lari grantda o‘qiydiganlar uchun davlat byudjetidan, kontraktda o‘qiydiganlar uchun esa OTMlarning har birida tashkil etiladigan fond hisobidan ajratiladi.
Kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar “4” va “5” baholarga o‘zlashtirgan taqdirda ularga Oliy ta’lim muassassida tashkil etiladigan fond hisobidan 50 foizgacha miqdorida rag‘batlantiruvchi mablag‘ ajratiladi. Demak, talabani yaxshi o‘qishga undovchi omil saqlanib qoladi.
Nomdor stipendiyalarni olgan talablar uchun stipendiya miqdori saqlab qolinadi. Nogironlar, kam ta’minlangan oila farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalar uchun ham OTM fondidan stipendiya qoplab beriladi.
Aytib o‘tish lozimki, mamlakatimizda oliy ta’lim olish istagida bo‘lganlar salmog‘I  juda ko‘p. Ularning xohish-istaklarini amalga oshirish uchun 2019/2020 o‘quv yilidan ajoyib imkoniyati yaratilmoqda. Talabalarga kontrakt summalarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyatining berilishi ham oliy ma’lumot olish ishtiyoqidagi yoshlarimizga yaxshi bir imkoniyatdir.
Davlat grantida o‘quvchi talabalar o‘zlashtirishi 30 foizdan past bo‘lgan holda stipendiyadan mahrum qilinishini qo‘llab-quvvatlash kerak. Chunki bunday past ball bilan o‘qiyotgan talabadan yaxshi mutaxassis chiqishi dargumon.
Joriy yil oliy ta’lim dargohlariga kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarga juda keng imkoniyatlar yaratildi – bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalish yoki bir necha oliy o‘quv yurtiga imtihon topshirish imkoniyati berilganini alohida e’tirof etish kerak. “O‘qiyman, oliy ma’lumot olaman” degan yoshlarimiz bunday imkoniyatlardan unumli foydalanishlariga ishonaman. Hukumatimiz esa hamisha yoshlarimizni ham ma’naviy, ham iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlab boraveradi.

Madaminjon MADAZIMOV

ADTI rektori, professor

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!