alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Yoshlarimizning niyatlari, orzu-umidlari ulkan

17:59 01.02.2020

«Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasi doirasida mas’ul lavozimlarga o‘n kun muddatga tayinlangan yoshlar zimmalaridagi vazifani a’lo darajada bajarishga intilmoqdalar. Andijon davlat tibbiyot instituti magistratura yo‘nalishi talabasi Boburjon Abdulazizxo‘jayev Andijon viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajarmoqda. Boburjon bir necha yil O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkilotiga etakchilik qilgan va bu unga jamaotchilik bilan ishlashida foyda bermoqda.

Boburjon Musilmonlar idorasida masjid imom-hatiblari va otinoyilar bilan uchrashib  yoshlarimizga dinimizni sof  holatda yetkazish va yoshlarga diniy ozuqa berishda yangicha qarash bilan tarbiyalash bo’yicha suhbatlashdi. Boburjon bo‘lg‘usi shifokor sifatida mehribon, keksalarga, bemorlarga, nogiron kimsalarga ijtimoiy ko‘mak berish borasida ibratli ishlarni amalga oshirmoqda. Bu esa bo‘lg‘usi rahbarlar uchun juda zarur fazilatdir.

Ulug‘nor tumani hokimi v.v.b.Sh.Sapioxunov tuman xokimning birinchi o‘rinbosari K.Nabiev bilan birgalikda amalga oshiriliyotgan ishlar bilan  tanishish maqsadida tuman Soliq inspeksiyasi, tuman Tibbiyot birlashmasi hamda tuman Majburiy ijro byurosi tashkilotlariga borib qilingan, qilinayotgan va amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar bilan tanishdi.


Andijon davlat tibbiyot instituti talabalaridan Pirzodaxon Fayzullayeva Baliqchi tumanidan viloyat kengashi deputati.  Pirzodaxon mehnat faxriylar va yoshlar ishtirokida suhbat o’tkizdi.  Uyishmagan yoshlarga kasb-hunar o’rgatish maqsadida Baliqchi pedagogika kollejda tashkil etilgan bepul kurslarga ikki nafar qizni chevarchilikka, bir nafar bolani payvandchilik to’garaklariga a’zo bo‘lishiga ko‘maklashdi.

So’ng maktabgacha ta’lim mussasasi faoliyati bilan tanishdi. Mavjud kamchiliklar yuzasida mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalarni berdi. Tumandagi “Serquyosh” mahalla fuqarolar yig’inida bo‘lib aholi bilan dildan suhbatlashdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti faol talabalaridan Izzatillo Ne’matillo o’gli Ismoilov Izboskan tumani “Janobod chorvasi” chorvachilik fermer xo’jaligi rahbari Azamjon Daminovga  viloyat hokimi tomonidan biriktirilgan. Izzatillo deputat A.Daminov bilan “Daryo yo’li” MFYga qarashli 37-umum talim maktabida  kuzatuv ishlari olib bordi. Kuzatuv natijasida  bo‘sh turgan qarovsiz holdagi joylarni ko‘rib chiqib bu joylarga «Book cafe» hamda mini futbol maydonchasi qurilishi bo‘yicha takliflar bildirdi.

Maktabning orqa qismida bo‘sh holdagi 50 so‘tix yer maydoniga esa issiqxon qurish rejalashtirildi. Bu ishlarni hal etish bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, “Solvoshi” MFY “Sholikor” ko’chasidagi elektr ustunlarni yangilash, maktabgacha ta’lim muassasasi, poliklinika, savdo shahobchalari qurish borasida takliflarni ham o‘rganib chiqdi.

Tuman hokimi vazifasini bajaruvchi talabalarimiz qatorida Marhamat tumani hokimi v.v.b. Abdurauf Abdurashidov anchagina faollik ko‘rsatmoqda. Abdurauf tumanning “Shahriston” MFY hududida joylashgan “Madaniyat markazi”da uyushmagan yoshlar bilan uchrashdi. “Mingtepa” MFY hududida fuqaro Muzaffar Qodirov tomonidan qurilayotgan xususiy “Kardiologiya markazi” bino inshoatining qurilish loyihasi bilan tanishdi. Loyiha xususdagi o‘z takliflarini bildirdi.

Shuningdek tuman markazida joylashgan “Turon” o‘quv markazida bo‘lib, “BOOK CAFE”, Marhamatning qadimiy arxeologik obidalari maketlari hamda o‘quv markaz qoshida tashkil etilgan muzey bilan ham tanishib chiqdi.

Tuman markazidagi dehqon bozoriga kirib, mahsulotlar narxlari bilan tanishib, bozor ma’muriyati xodimlariga o‘zining takliflarini bildirdi.

Yo‘l-yo‘lakay Dehqon bozor yonida joylashgan “Iqbol Mingtepa jilosi” xususiy korxonasiga kirib u erdagi sharoitlarni o‘rganib, korxona rahbarining ish ko‘lamini kengaytirish borasidagi takliflarini tingladi, mutasaddi tashkilot rahbarlariga taklif yuzasidan topshiriqlar berdi.  “Paxtakor” MFY hududida joylashgan “Buyuk maskan” MCHJga borib, u erda ketayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishib chiqdi. Bu erda elektr toki muammosi borligi, bu masala viloyat miqyosida hal etiladigan masala bo‘lganligi uchun ushbu masalani viloyatdagi tashkilot rahbarlariga etkazishini aytib o‘tdi.  “Qovunchi” MFY hududidagi “Qovunchi” QOPga kirib bemorlardan hol-axvol so‘rab, mavjud shart-sharoit, xizmat ko‘rsatish sifati haqida suhbatlashdi. Bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlardan hamda tibbiyot xodimlarining xizmat ko‘rsatishidan xursand bo‘lib, shifokorlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Marhamat tumani hokimi v.v.b. A.Abdurashidov o‘z o‘rinbosarlari bilan tuman markazida tashkilot rahbarlariga tuman markazini noqonuniy qurilmalar va fuqarolar tomonidan noqonuniy tashkil etilgan savdo rastalaridan tozalash vazifalarini belgilab berdi. Kun davomida tumandagi maktablarda ta’lim sifatini va samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlarni monitoring qilish, yoshlarni,  ayniqsa, 10-, 11-sinf o‘quvchilarini qiziqishlarini o‘rganish maqsadida 39-umumta’lim maktabiga bordi. Maktab sharoitlari va qulayliklari bilan tanishib, o‘quvchilarga o‘zining kerakli taklif va maslahatlarini berdi.  Marhamat-Asaka yo‘nalishi bo‘yicha asosiy yo‘ldagi obodonlashtirish ishlarini nazorat qilib, ishlar qay darajada ketayotganligini kuzatish jarayonida shu hududdagi aholi va tadbirkorlarni o‘z hududlarini obodonlashtirish ishlarida faol bo‘lishga chaqirdi. Imom Al-Buxoriy nomidagi jome’ masjidiga borib, masjid shart-sharoitlari bilan tanishdi. SHundan so‘ng, tuman bosh imom xatibi M.Sharofiddinov bilan suhbatlashib, duo olib qaytdi.

Marhamat tumani hokimi v.v.b. A.Abdurashidov qisqa vaqt ichida uyushmagan yoshlar bilan ikki marta yig’ilish o’tkazdi. Natijada 29 kishi ish bilan ta’minlandi, bulardan o‘n bir nafari qizlar. Bundan tashqari qizlar uchun 500 ta tayyor ish o’rinlari topildi va ularga tavsiya qilindi. Oldindagi ish kunlariga uyma-uy habar olish rejasi kiritildi. Viloyat hokimi bilan suhbatda bo’lib, loyiha va takliflarni berdi. Abdurauf yana juda ko’p rejalar va noodatiy loyihalar tayyorlab qo’ygan, Marhamat eng namunali tuman bo‘lishiga astoydil bel bog’lagan.
Azizlar, talaba-hokimlarimizning – yoshlarimizning niyatlari, orzu-umidlari ulkan. Biz ularga omad tilaylik, ezgu maqsadlari amalga oshsin!

 ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!