alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YOSHLARNI JISMONAN CHINIQTIRISH VA ULARNI SPORT SOHASIDAGI QOBILIYATLARINI NAMOYON QILISHLARI UCHUN ZARUR SHART-SHAROITLAR YARATISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

18:37 07.08.2019

2019  yil  7 avgust kuni Andijon davlat tibbiyot instituti talabalar turar joyi  anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish  yuzasidan   e’lon qilgan beshta muhim tashabbusidan  ikkinchisi  – yoshlarni  jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirish   bo‘yicha  amalga oshirilayotgan  ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan  matbuot anjumani o‘tkazildi.     Anjumanda viloyat ommaviy axborot vositalari vakillari,  jurnalistlar, institut  reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchilari, sportchi-yoshlar, talabalar va mahalla yoshlari ishtirok etdilar.

Anjuman  ishini ADTI rektori M.Madazimov ochib, institutda  Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha  olib borilayotgan ishlar, ularning yoshlar kamolotidagi o‘rni to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, institut matbuot kotibi R. Hayitboeva so‘z olib, institutda 2-tashabbus bo‘yicha  tashkil etilayotgan ommaviy sport tadbirlari,  talabalar almashinuvlari, yozgi maktab, yozgi o‘quv amaliyotiga  jalb etilgan xorijiy oliy o‘quv yurti talabalarining sport tadbirlariga jalb etilishi, shuningdek, ADTI professor-o‘qituvchilari, talabalari  hamda mahalladagi uyushmagan yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar xususida  gapirib o‘tdi.

Anjumanda, shuningdek, institut  reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchilari, sportchi talabalari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Anjumanda ishtirok etayotgan jurnalistlar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar.
Tadbir davomida sportchilarning erishayotgan yutuqlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. ADTI  reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi xodimlari va talaba-yoshlar tomonidan  tashkil etilayotgan sport tadbirlari va undagi faol ishtiroklari, shuningdek, yoshlarni ommaviy sportga jalb etish borasida  o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Anjuman so‘ngida yosh sportchilar o‘zlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar uchun institut ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!