alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida  davra suhbati  o‘tkazildi

15:20 22.01.2019

ADTI ilmiy kengashlar zalida institut xotin-qizlar qo‘mitasi,  yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi va O‘zbekiston “Adolat” SDP viloyat Kengashi bilan hamkorlikda  “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatiga “Oila” ilmiy-tadqiqot amaliy markazi viloyat bo‘limi  rahbari L.Jalolova va mehmonlar taklif etildi.
Davra suhbatini institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Jo‘raeva ochib, oila masalalari bugungi kunning dolzarb va hamma vaqt muhim mavzusi bo‘lganligini, uning mustahkam va baxtiyor bo‘lishi har bir yoshga bog‘liq ekanligini ta’kidladi.


Tadbirda  institut psixologi O‘.Arziqulov so‘z olib,  “Oilaviy munosabatlarda nizolarni  bartaraf etishning psixologik yechimlari”   mavzusida ma’ruza qildi.
“Oila” ilmiy – tadqiqot amaliy markazi viloyat bo‘limi rahbari L.Jalolova, Andijon shahridagi 3 – umumta’lim maktabi  direktori M.Qodirovalar so‘zga chiqib, oilani  ilmiy asosli boshqarish, oilaning huquqiy asoslari, er-xotinning vazifalari, burchlari, zamonaviy oilalarda ma’naviy, milliy qadriyatlarning ahamiyati mavzularidagi hayotiy suhbatlari bilan talalalar e’tiborini tortdilar.

Davra suhbati qiziqarli, savol-javoblarga boy tarzda o‘tib, qatnashuvchilarda katta taassurot  qoldirdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!