Yuqumli kasalliklar muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutida  “Yuqumli kasalliklar  muammolari, jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Andijon shahridagi muhtasham “Biznes-hamkor” markazida o‘tkazilgan anjumanda ADTI klinikasi, viloyat yuqumli kasalliklar  shifoxonasi, respublika  shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali. Andijon davlat tibbiyot instituti magistrlari, klinik ordinatorlari, viloyatimiz shahar. tumanlari  infeksionistlari, pediatr va umumiy amaliyot shifokorlari ishtirok  etdilar.

Mamlakatimizda  tibbiyot sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida  respublikamizda  yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemik vaziyatning barqarorligi ta’minlanmoqda. Jumladan, karantin va o‘ta xavfli yuqumli  kasalliklar, poliomiyelit, difteriya, qoqshol kasalliklari  qator  yillar mobaynida qayd etilmadi. Bugungi kunda  bolalarni  emlash uchun  YuNISEF tomonidan  qator  ishlar  olib  borilmoqda. Mamlakatimiz Milliy  immunizazatsiya dasturini  kuchaytirish  va barqarorligini  ta’minlashda amaliy hamda konsultativ  yordam ko‘rsatilayapti. Xususan, YuNISEFning  O‘zbekistondagi  vakolatxonasi ko‘magida yangi vaksinalar xarid qilinmoqda. Yurtimizning barcha hududida uni saqlash va  emlashni amalga oshiruvchi  mutaxassislar salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan  seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

ADTI ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori G‘.M.Xodjimatov ochib bergan ilmiy-amaliy konferensiya “Yuqumli kasalliklar muammolari. Jigar ichi xolestazi: jigar turli xil zararlanishlari sabablari va ularni bartaraf qilish” mavzusiga bag‘ishlandi. Anjumanni yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri, dotsent D.Mirzakarimova olib bordi. Anjuman davomida bugungi kunda uchrayotgan xavfli infeksiyalar,  gepatologiya, gastroenterologiya, klinik  farmokologiya, yuqumli kasalliklarning  epidemiologiyasi, profilaktikasi, tashxisi, davolash usullari va yangi texnologiyalar kabi masalalar muhokama qilindi.

Anjumanda infeksion va  parazitar kasalliklar, ularni oldini olish to‘g‘risida munozara va muhokama qilindi. Sohaning yetakchi olimlari tomonidan  ma’ruzalar qilinadi. Anjumanda Belorusiyadan Grodno  davlat tibbiyot universiteti  professori Vladimir Maksimovich Sirkunov ishtirok etdi. Belorusiyalik olim sohadagi yangi texnologiyalar innovatsiyalar va izlanishlar, yechimini kutayotgan muammolar yuzasidan ma’ruza qildi.

Tashrif mobaynida V.M.Sirkunov institut talabalariga yuqumli kasalliklar bo‘yicha “Virusli gepatitlar”, “Parazitar kasalliklar” va “Ichak infeksiyalari” mavzularida amaliy mashg‘ulotlar o‘tdi va ma’ruzalar o‘qidi.

 

Ra’noxon Hayitboyeva,

“Tibbiyot gulshani” gazetasi muharriri.

260