Yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shamiz

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar dunyo ahli tomonidan alohida e’tibor bilan o‘rganib borilmoqda. Yangilanayotgan O‘zbekistonning ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi o‘zarishlari aholi turmush farovonligini oshirishda o‘zga xos o‘ringa ega.

Xalq muhokamasiga qo‘yilgan  “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi”da ham xalq farovonligi yo‘lida bir qator chora-tadbirlar belgilangan.

Andijon davlat tibbiyot institutining asosiy binosida o‘tkazilgan an’naviy “Shukoronalik” tadbirida patologik fiziologiya kafedrasi mudiri Sh.Hamraqulov “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi” xususida fikrlar bildirar ekan, dastur jamiyatimizning har bir sohasini rivojlatirishga qaratilgan bandlarga ega ekanligi aytib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda yakunlangan hafta davomida tavallud kunlari nishonlangan ulug‘ ajdodlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhamad Bobur hayoti va ijodi haqida so‘z yuritildi.

Institut 2-binosida “Shukronalik” tadbiri biologiya va gistologiya kafedrasi mas’ulligida o‘tdi.

Mazkur kafedra mudiri R.Rahmonov talabalarni mamlakatimiz va dunyo yangiliklari bilan tanishtirdi, talabalarning ta’lim jarayonini borishi xususidagi fikrlari bilan qiziqdi.

ADTI Klinikasi binosida «Shukronalik» tadbiri Oftalmologiya kafedrasi tomonidan  o’tkazildi. Tadbirni Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Ulugʻbek Karimov ochib, tinch va osoyishtalikda o’tayotgan har  bir kunimizga, oilamiz hotirjamligiga shukronalik qilishimiz kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan kuylandi.

«Shukronalik» tadbirida Oftalmologiya kafedrasining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha ma’suli R.Z.Mirzayeva  Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan  «Bobur- dilbar shaxs» mavzusida  ma’ruza qildi.

«Shukronalik» tadbiri ishtirokchilari har birimiz yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishimiz zarurligi haqida fikrlar bildirildi.

Kozimjon Baydullaev,

ADTI pediatriya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

97