alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shamiz

16:54 10.01.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov institutning davolash fakultetida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Samimiy suhbat davomida rektor mamlakatimiz Prezidentining 2019-yilning27-dekabr kuni faol yoshlar vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvida belgilangan vazifalar xususida so‘z yuritdi.
Jumladan, yoshlar bilan amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, faol yoshlar ko‘magiga tayanish, ularga yaratilayotgan sharoitlarni yaxshilashga jiddiy e’tibor berish borasida belgilab bergan vazifalar xususida ma’lumot berdi. Yoshlar yurtimizdagi tinchlik, xotirjamlikni mustahkamlash, Vatan taraqqiyotiga xissa qo‘shishlari uchun yaxshi o‘qib etuk mutaxassislar bo‘lib kamol topishlari zarurligini ta’kidladi.

Buning uchun intizomga rioya qilish, kunlik darslarni o‘zlashtirish, sohaga oid darsliklarni yig‘ib borishilari, xorijiy tillarni o‘rganishlari zarurligini, shifokorlik kasbini tanlagan yosh hamisha sidqidil bilan mehnat qilishi, bemorlarga samimiy bo‘lishi, bilim va ko‘nikmalarini boyitib borishi zarurligini aytib o‘tdi. Suhbat davomida institut rahbari mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan talabalar yaxshi yutuqlarga erishishi mumkinligini eslatib o‘tdi va yoshlarni kitob bilan do‘st bo‘lishlari zarurligini uqtiridi. Institut talabalarining yutuqvlarini faxr bilan e’tirof etdi.
Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining institut davolash fakulteti 3-bosqich talabalari bilan o‘tkazgan yig‘ilishida talabalar o‘z fikrlarini samimiy bildirishdi, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga va’da berishdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!