(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ZАKOVАTLI BILIMDONLАR SАRАLАB OLINDI

19:46 12.02.2021

“Zakovat” – bilimdon yoshlar oʼyini. Unda jamoa boʼlib oʼynashning zavqi ham oʼzgacha. Talabalar turar joyida Davolash fakulteti talabalaridan iborat jamoalar oʼrtasida “Zakovat” intellektual oʼyini boʼlib oʼtdi.
Ularga Davolash fakultetining yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosari Ulugʼbek Karimov boshchilik qildi. Oʼyin davomida talabalar fanlar boʼyicha, ayniqsa tibbiyot sohasiga oid bilimlarini sinovdan oʼtkazdilar. Oʼyin davomida 15-fevral kuni oliy taʼlim muassasalari oʼrtasida oʼtkaziladigan mazkur bellashuvga bilimdonlar saralab olindi.