alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Zahira pulmonologlar tayyorlash bo‘yicha ZOOM programmasida onlayn darclar bo‘lib o‘tdi

15:15 04.08.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil15-iyulda o‘tkazgan selektor yig‘ilishida “Respublikada faoliyat olib borayotgan barcha tibbiyot xodimlarini koronavirus infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlar bilan ishlash bo‘yicha malakasini oshirish” to‘g‘risidagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan zahira pulmonologlar tayyorlash bo‘yicha dastur asosida ZOOM programmasida onlayn darclar bo‘lib o‘tdi.


Qayta tayyorlash darslarida Andijon viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan yuborilgan ro‘yxatga asosan 252 nafar vrachlar 3 ta guruhga ajratilgan holda o‘qitildi.
Mashg‘ulotlarni Andijon davlat tibbiyot instituti 2-ichki kasalliklar kafedrasi mudiri, dotsent D.M.Qalandarov, 1-UASH kafedrasi dotsenti U.Axmadaliyeva, 1-UASH kafedrasi katta o‘qtuvchisi D.Qodirovlar olib borishdi.


Mashg‘ulotlarda “Koronavirus infeksiyasining pulmonologik kasalliklarida epidemiologiyasi, etiologiyasi va patogenezi”, “COVID-19 Koronavirus infeksiyasining pulmonologik kasalliklarida diagnostikasi”, “COVID-19 bo‘lgan pulmonologik bemorni tekshirish algoritmi. Koronavirus infeksiyasida pnevmoniyaning klinik xususiyatlari”, “COVID-19. Koronavirus infeksiyasini tashxislashda o‘pkani tekshirish usullarining ahamiyati (kompyuter tomografiyasi, rentgen, ultratovush)” kabi mavzularida ma’ruzalar qilindi.

ADTI axborot xizmati

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!