alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

АDTIDА INTELLEKTUАL DUELI – “ZАKOVАT” TURNIRI OʼTKАZILDI

22:05 04.06.2021

АDTIDА INTELLEKTUАL DUELI – “ZАKOVАT” TURNIRI OʼTKАZILDI

Institutga biriktirilgan mahallalar aholisi, uyushmagan yoshlar hamda institut professor-oʼqituvchilari va talaba-yoshlari oʼrtasida “Rektor kubogi” uchun ochiq osmon ostida “Zakovat” intellektual turniri boʼlib oʼtdi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha prorektor M. Botirov ochib, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrisida toʼxtalib, turnir mohiyati haqida alohida maʼlumot berib oʼtdi va barcha jamoalarga omad tiladi.

Murosasiz va keskin bahs munozaralar bilan oʼtkazilgan turnirda mahalla fuqarolar yigʼini vakillari, fakultetlar, kafedralar, Аxborot resurs markazi, Murabbiylar kengashi, Yoshlar ittifoqi BT, xotin-qizlar maslahat kengashi va institut klinikasi xodimlaridan tashkil topgan 21 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoa tarkibida 6 nafardan bilimdonlar jamlandi.

Bahslar juda qizgʼin va murosasizlik bilan o’tdi. Tashkil qilingan bilimdonlar, intellektlar «duel bayrami» chin maʼnoda barchaga adrenalin ulashdi, o’yindagi atmosfera esa juda ham yuqori boʼldi. «Zakovat» yoshlarga motivatsiya beruvchi, ularning bilimini charxlovchi, qayrovchi, to’siqlarni yorib o’tuvchi, irodali va kuchli bilimdonlar klubi ekanligini tom maʼnoda yana bir bor isbotladi.

Turnir natijasiga koʼra, Davolash fakultetining 3-bosqich talabalaridan tashkil topgan “Lmntrix” jamoasi shaxsan rektor M. Madazimov tomonidan 1-darajali diplom, qimmatbaho sovgʼalar, “Rektor kubogi” va 4,5 mln soʼm pul mukofoti, Аxborot resurs markazining “Ziyolilar” jamoasi 2-darajali diplom, qimmatbaho sovgʼalar va 3 mln soʼm pul mukofoti, Gospital terapiya kafedrasining “Аvitsenna” jamoasi 3-darajali diplom, qimmatbaho sovgʼalar va 1,8 mln soʼm pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, toʼplagan ballari “Аvitsenna” jamoasi ballariga teng boʼlgan “Yangi turmush” MFY jamoasi aʼzolari qimmatbaho sovgʼalar hamda Xonobod shahriga bir kunlik maxsus sayohat yoʼllanmasini qoʼlga kiritdilar.

Institutning «Botir Zokirov» nomidagi yosh gitarachilar guruhi kechaga oʼzgacha kayfiyat ulashdi. Gʼoliblarga keyingi bosqichlarda omad tilaĭmiz.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!