Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha birinchi prorektori S.Salohiddinov hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i A.Abduhalimov tomonidan institut xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o’tkazildi.
Unda mazkur siyosiy jarayon joriy yilning 1-avgustiga qadar davom etishi, Bosh qomusimizga kiritilayotgan o’zgartish va qo’shimchalarning mazmun-mohiyati, keyingi yillarda mamlakatimizda yuz bergan o‘zgarish va yangilanishlar, unda barcha birdek ishtirok etishi haqida atroflicha fikr yuritildi.