Davolash fakultetining 3-bosqich xorijiy talabalari yakuniy davlat attestatsiyasini topshirdilar. Unda 19 nafar talaba ishtirok etdi. Imtixonni topshirish uchun har bir talabaga 5 ta savol uchun 15 daqiqa vaqt berildi. Imtixonlarni adolatli o‘tishini kafedraning professor-o‘qituvchilari kuzatib, baholab bordilar. Talabalar unda tibbiyot sohasida o‘zlashtirgan bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 13 nafar talaba “a’lo” bahoga topshirdi.