alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT TANLOV!

12:02 08.01.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida 2021-2022 o‘quv yili qishki ta’tili davomida 2021 yil 25 dekabr-2022 yil 25 yanvar kunlari talaba-yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida  institut talabalari o‘rtasida inson qadri uchun “Men shu aziz Vatan farzandiman” shiori ostida eng yaxshi uy sharoitidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi.

(Bunda inson qadrini ulug‘lash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar va ta’lim sohasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar aks ettiriladi).

Tanlov shartlari:

  • videoroliklar 45 soniyadan 3 daqiqagacha davom etishi mumkin;
  • videorolik sifati min 720р max 1080р;
  • mualliflik huquqiga ega bo‘lishi, yani videorolikda o‘zi haqida ma’lumot (Institut, fakultet, bosqich va F.I.O) qayd etilishi kerak;
  • youtube ijtimoiy tarmog‘ida #insonqadriuchun heshtegi ostida joylanishi kerak.

G‘oliblar ekspertlar tomonidan aniqlanib, quyidagi sovg‘alar

I o‘rin NОTЕBOOK

Samsung NP-535U3C

II o‘rin PLANSHET

Планшет Galaxy Tab A 8.0 2019 LTE Silver | Samsung Узбекистан

III o‘rin SMARTFON hamda diplomlar bilan taqdirlanadi.

Samsung Galaxy A20 | Price PKR 28,500 | Samsung Pakistan

Shuningndek,

“Ulug‘imsan, Vatanim!” shiori ostidagi she’riy videolavha;

“Men ta’tilni qanday o‘tkazaman” mavzusida eng yaxshi maqola;

“Men yoqtirgan fasl” mavzusida eng yaxshi onlayn rasm.

Nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar kitoblar jamlanmasi va

1 000 000 so‘m pul mukofoti hamda tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.

Izoh: Youtube ijtimoiy tarmog‘iga joylangan videorolik havolasi va nominatsiyalar bo‘yicha tayyorlangan materiallar @adtimanaviyat telegram manziliga yuborilishi shart.

Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun +99893 442-52-00 (Abduraxmon Abduxalimov).

Tanlov natijalari 2022-yil fevral oyi boshlarida institutning rasmiy veb saytida e’lon qilinadi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!