Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar, institutimiz jamoasi va talaba-yoshlar!
Sizlarni kirib kelgan bahor ayyomi, yangilanish va yosharish fasli – Navroʻzi olam bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, dasturxoningizga qut-baraka, oʻqish va ishlaringizda muvaffaqiyat tilayman! Oq libosingizdek koʻnglingizni begʻuborlik tark etmasin. El salomatligi yoʻlida masʼuliyatli va shu bilan birga sharafli mehnatlaringiz samarali boʻlsin!
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov