Joriy yilning aprel, may, iyun oylarida “Yoshlar ovozi”, “Yosh kitobxon oila”, “Mushoira”, “Zukko kitobxon”, “Quvnoqlar va zukkolar” respublika tanlovlari; yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzi va sportni ommalashtirishga qaratilgan mini-futbol, futbol, voleybol, yengil atletika, streetball, shaxmat, shashka, stol tennisi va street workout boʻyicha respublika sport musobaqalari; kibersport musobaqasi hamda “Zakovat” intellektual oʻyinlari oʻtkaziladi!
Gʻoliblar 30-iyun — Yoshlar kuni arafasida munosib taqdirlanadilar! Roʻyxatdan oʻtish uchun: @beshtashabbusbot. Oʻz iqtidor va iste’dodingizni namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyat!
Yoshlar ishlari agentligi