TIBBIYOT OLIY OʻQUV YURTI TALABALARI UCHUN “SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRI STIPENDIYASI” TAʼSIS ETILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TIBBIYOT OLIY OʻQUV YURTI TALABALARI UCHUN “SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRI STIPENDIYASI” TAʼSIS ETILDI

21:30 01.05.2022

Bu haqda vazirning tegishli buyrugʻi qabul qilingan. Unga koʻra, mazkur stipendiya bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan yoshlarga beriladi.

Stipendiya har bir tibbiyot oliy taʼlim muassasasining 5 nafargacha nomzodiga bir yil mobaynida ajratiladi.

Nomzodlar tomonidan arizalar mavjud 11 ta tibbiyot oliy oʻquv yurtining “Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi”ga taqdim etiladi.

Hujjatlar vazirlik tomonidan koʻrib chiqilgach, gʻoliblar aniqlanadi. Gʻoliblarni aniqlashda talabalarning oʻqishdagi oʻzlashtirish koʻrsatkichlari, xalqaro olimpiadalardagi natijalari, xorijiy tillarni bilish darajasi va boshqa jihatlarga qaraladi.

Vazir stipendiyasi miqdori Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi miqdoriga tenglashtirilgan (hozirda 1 mln 128 ming 468 soʻm).

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun vazirlikning (71) 239-13-72 telefon raqamiga ish vaqtida qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!