O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yilning 10-maydagi №166-K- sonli buyrug‘iga asosan Sarvarjon Zaynobiddinovich Salaxidinov Andijon davlat tibbiyot institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.
S.Salaxidinov 1972-yilda Andijon viloyatining Andijon tumanida tug‘ilgan. 1995-yilda Andijon davlat tibbiyot institutining Davolash ishi yo‘nalishini tamomlagan. Jarrohlik yo‘nalishi bo‘yicha klinik ordinaturani o‘tagan.
Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Shu kunga qadar Andijon davlat tibbiyot institutining Umumiy jarrohlik kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan.